Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlari Buxoro viloyatiga
sayohatni amalga oshirishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslari hamda “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining bir guruh xodimlari Buxoro viloyatiga sayohatni amalga oshirishdi.


Mazkur sayohat xodimlarning mamlakatimiz tarixi va madaniy merosi haqidagi bilimlarini boyitish, jamoada hamjihatlik muhitini mustahkamlash hamda ichki turizmni yanada ommalashtirishga xizmat qildi.

Sayohatda Buxoroning betakror tarixi, milliy qadriyatlari va mehmondoʻst muhiti ularda katta qiziqish uygʻotganini taʼkidladilar. Sayohat yakunida xodimlar yurtimizning boshqa tarixiy va madaniy maskanlariga ham tashriflarni davom ettirish muhimligini qayd etildi.
