Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Sentyabr 2022

Professional konsalting tashkilot jalb etilishi yuzasidan axborot

Tegishli xususiylashtirish dasturiga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Dori-Darmon”ning ustav kapitalidagi 51 % aksiyalar paketini xususiylashtirish jarayonlariga professional konsalting kompaniyasini jalb qilish bo‘yicha tegishli Tanlov e'loniga muvofiq quyidagilar ma'lum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida, 8 ta professional tashkilotlar, jumladan konsorsium shaklidagi takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha yondashuvlari asosida saralandi.

O‘z navbatida, ushbu jarayonga xorijiy professional konsultantlar bilan bir qatorda ko‘plab mahalliy konsalting kompaniyalari ishtirok etgani mazkur sohada raqobat muhiti yanada oshayotganligini hamda mahalliy bozorda salohiyatli konsalting kompaniyalar soni ortib borayotganligini ko‘rsatadi.

Saralash natijasida, Portfolio Investments va Gemstone Capital konsorsium kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlov g‘olibi deb topildi.

Portfolio Investments vа Gemstone Capital konsorsium kompaniyalari O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan investision kompaniyalar bo‘lib, turli xizmatlar, jumladan, brokerlik, aktivni boshqarish va konsalting xizmatlarini davlat organlari, korporatsiyalar va moliyaviy institutlarga ko‘rsatadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jalb etilgan professional konsalting kompaniyalari bilan birga ushbu aktivning raqobat tamoyillariga asoslangan shaffof va muvaffaqiyatli sotilishi uchun barcha choralarni ko‘radi.

2249 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech