Ру Ўз O'z En

Tizimdagi tashkilotlar

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi" DUK

Direktor

Murodov Sohibjon G'ofurjonovich

Manzil: Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6 uy

(71) 202-21-11
info@e-auksion.uz
e-auksion.uz
Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6 uy

Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi

Direktor

Aminov Rustam Anvarovich

Manzil: 100000, Toshkent sh, Amir Temur shoh kuchasi, 6a

(71) 259-21-14
markaz@davaktiv.uz
davaktiv.uz
100000, Toshkent sh, Amir Temur shoh kuchasi, 6a

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

Direktor

Butikov Igor Leonidovich

Manzil: 100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6

100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI XUSUSIYLAShTIRISh, RAQOBAT VA KORPORATIV BOShQARUVNI RIVOJLANTIRISh MUAMMOLARINI TADQIQ ETISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA

Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada ko‘maklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlari faoliyat ko‘rsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.

2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

yangi ish o‘rinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni ta’minlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish;

xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini o‘rganish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga ko‘maklashish natijadorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash;

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markaziga xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni o‘qitish uchun o‘quv-metodik materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish;

monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;

davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish;

qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yo‘nalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha «davra suhbatlari» va seminarlar o‘tkazish.

3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz direktoriga, zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq qilinadi;

Markaz huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:

Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul so‘rash va olish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish;

ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va ma’lumotlarni taqdim qilish;

Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish.

7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli bo‘lgan va Markazga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlansin;

Markaz Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;

zarurat bo‘lganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017 yil 22 dekabr,

1012-son

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi davlat unitar korxonasi

Bosh direktor

Abdujabbarov Sherali Yangibaevich

Manzil: 100047, Toshkent sh, Buxoro ko‘chasi, 10

100047, Toshkent sh, Buxoro ko‘chasi, 10

Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:

qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish;

hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;

qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;

qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish;

davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;

investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;

qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;

agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;

Deponentlarning yagona bazasini yuritish;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlar berish;

depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

QIMMATLI QOG‘OZLARNING MARKAZIY DEPOZITARIYSINI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYaTI MASALALARI TO‘G‘RISIDA

«Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish, korporativ qimmatli qog‘ozlarni saqlash, hisobga olish va ular harakatining yagona tizimini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 2 oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 40-41-son, 412-modda)

1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining o‘z faoliyatini tezkor boshqarish huquqida va xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hamda boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiradigan davlat unitar korxonasi shaklidagi Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (keyingi o‘rinlarda Markaziy depozitariy deb ataladi)ni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.

Markaziy depozitariy xizmatlari uchun tariflar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi;

2. Belgilansinki, quyidagilar Markaziy depozitariyning mutlaq funksiyalari hisoblanadi:

qimmatli qog‘ozlarni hisobga qo‘yish;

hujjatli qimmatli qog‘ozlarni saqlash;

qimmatli qog‘ozlar chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni saqlash;

qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish;

davlatning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini, shuningdek qimmatli qog‘ozlarni boshqarish bo‘yicha davlat vakolat bergan shaxslarning qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarini hisobga olish;

investitsiya vositachilarining depo hisobvaraqlarini yuritish;

qimmatli qog‘ozlardagi hisob-kitoblarni belgilangan tartibda amalga oshirish;

O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida muomalaga kiritilgan qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish;

agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish;

Deponentlarning yagona bazasini yuritish;

O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari tomonidan chiqarilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarga xalqaro kodlar berish;

depo hisobvaraqlari bo‘yicha emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar harakati to‘g‘risidagi axborotni to‘plash va tizimlashtirish.

(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 39-son, 507-modda)

21. Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritishga doir vazifalarini bajarayotganda investitsiya vositachilaridan mazkur reestrlarni shakllantirish uchun zarur ma’lumotlarni so‘rash va olishga haqli.

Markaziy depozitariy qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda:

qimmatli qog‘ozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga ko‘ra shakllantirilgan reestrlarini saqlashi;

qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlaridagi mavjud axborotni «Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq taqdim etishi;

qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi shart.

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi qimmatli qog‘ozlar egalarining reestrlarini yuritish funksiyalarini bajarayotganda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 23 sentabrdagi 274-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015 y., 39-son, 507-modda)

3. Belgilansinki:

Markaziy depozitariy o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligiga hisobot beradi;

(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020 y., 09/20/217/0426-son)

Markaziy depozitariyning joriy faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash uning Ustavga muvofiq ko‘rsatiladigan depozitar va boshqa xizmatlari uchun olinadigan mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi;

Markaziy depozitariy faoliyatiga rahbarlik qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Bosh direktor va uning o‘rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi;

(3-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 2 oktabrdagi 221-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2008 y., 40-41-son, 412-modda)

4. Markaziy depozitariyning xodimlar cheklangan soni 98 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) 1-ilovaga muvofiq, «Vaqt» milliy depozitariysi xodimlari soni doirasida tasdiqlansin.

5. «Vaqt» milliy depozitariysi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi tomonidan 1999 yil 1 yanvardagi qoldiq qiymati bo‘yicha 138,0 mln so‘m miqdoridagi asosiy va aylanma mablag‘lar ko‘rinishidagi aksiyadorlik jamiyati mol-mulkining bir qismi, keyinchalik Markaziy depozitariyning ustav fondiga ulush sifatida qo‘shish uchun, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib olinishi haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi «Vaqt» milliy depozitariysi bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan bitishuvni bir hafta muddatda belgilangan tartibda rasmiylashtirsin va o‘zaro majburiyatlar bajarilishini nazarda tutgan holda bir oy muddatda uni tugallasin.

Belgilansinki, mol-mulkning ko‘rsatib o‘tilgan qismi, sarflangan summa Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan keyinchalik uch yildan oshmaydigan muddatda «Vaqt» milliy depozitariysining davlatga tegishli aksiyalarini sotish hisobiga respublika budjetiga qaytarilgan holda, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan umumiy mablag‘lar hisobiga sotib olinadi.

6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligining Markaziy depozitariy ustav fondining:

«Vaqt» milliy depozitariysining Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan sotib olingan texnikaviy va aylanma mablag‘lar ko‘rinishidagi mol-mulki;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan institutsional qayta o‘zgartirishlar bo‘yicha Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining qarzi bo‘yicha qolgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadigan 97 ming AQSh dollari miqdoridagi dasturiy mablag‘lar hisobiga shakllantirilishi to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

7. Quyidagilarga:

Markaziy depozitariyga:

aksiyadorlik jamiyatlariga ular tomonidan korporativ xatti-harakatlarni amalga oshirishda hamda qimmatli qog‘ozlar emissiyasini tayyorlashda maslahat xizmatlari ko‘rsatishga;

oldindan haq undirmasdan amalda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq olgan holda depozitar xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat berilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘laridan uning ixtiyorida qoladigan mablag‘larning bir qismini Markaziy depozitariyning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga yo‘naltirishga ruxsat berilsin.

(7-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 apreldagi 217-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020 y., 09/20/217/0426-son)

(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 2 oktabrdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008 y., 40-41-son, 412-modda)

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Moliya vazirligi Davlat markaziy depozitariysi Ustavini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda bir hafta muddatda tasdiqlasinlar.

9. Markaziy depozitariy o‘z faoliyatini qonun hujjatlari bilan unga yuklangan vazifalarga muvofiq uch oy muddatda tashkil etsin. Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida shu yil avgust oyida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.

Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslarning «Depo» hisobvaraqlari xizmat ko‘rsatish uchun boshqa depozitariylarga o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan davrda ushbu hisobvaraqlarni yuritish va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha «Vaqt» milliy depozitariysining huquq va majburiyatlarini Markaziy depozitariy o‘ziga rasmiylashtirishi mumkin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Markaziy depozitariy bilan birgalikda uch oy muddatda:

depozitar hisobga olish, saqlash va depozitariylarning hisobot berishi qoidalariga rioya qilgan holda texnologiyalar, dasturiy ta’minlashning zarur darajasiga ega bo‘lgan ikkinchi bosqich depozitariylari shakllantirilishini;

birja va birjadan tashqari savdolar qatnashchilarining depozitar, kliring va savdo tizimlari o‘zaro munosabatlarining amaldagi texnologiyasi va sxemasi bo‘yicha o‘zaro hamkorligini ta’minlasin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bir oy muddatda «Vaqt» milliy depozitariysida va uning filiallarida saqlanayotgan va hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarni xatlash bo‘yicha komissiya tashkil etsin hamda ularni Markaziy depozitariyga o‘tkazish tartibini tasdiqlasin.

12. «Vaqt» milliy depozitariysi, uning texnologiyalari, dasturiy ta’minoti va iqtisodiy normativlari Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining normativ hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgan holda, ikkinchi bosqich depozitariyga aylantirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

13. Markaziy depozitariy apparati Toshkent shahar, Mustaqillik shohko‘chasidagi 107-uyda joylashtirilsin.

(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 sentabrdagi 738-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017 y., 38-son, 1047-modda)

14. O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi Markaziy depozitariyni belgilangan tartibda zarur telefon va kommunikativ aloqa bilan, shu jumladan uchta Hukumat aloqasi telefoni bilan ta’minlasin.

15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ularga o‘zgartirishlar, to‘ldirishlar kiritilsin.

16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1999 yil 21 may,

263-son

"UzAssets Investitsiya Kompaniyasi" AJ

Boshqaruv raisi

Vakant

Manzil: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 6

Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi, 6
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech