Ру Ўз O'z En

Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti

O'zbekiston Respublikasi Dalvat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori (https://lex.uz/docs/1072916) tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

TSTB doirasida davlat korxonalari to'g'risida, korxonalardagi ichki audit xizmati to'g'risida, davlatga tegishli aktsiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to'g'risida nizomlarda qo'yilgan talablarining ushbu korxonalar faoliyatiga ta'siri baholanmoqda. 

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola (Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti) orqali tanishishingiz mumkin.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni research@davaktiv.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

453 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech