Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Sentyabr 2023

“Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozori” V xalqaro konferensiyasida Davaktiv agentligi vakillari ishtirok etdi

Joriy yilning 7-sentyabr sanasida moliyaviy bozorlar boʻyicha biznes konferensiyalarning yetakchi provayderi Cbonds-Congress va Investitsiya institutlari milliy uyushmasi tomonidan mamlakatimiz Kapital bozorini isloh qilish va uni jadal rivojlantirish istiqbollari muhokamasiga bagʻishlanganOʻzbekiston Respublikasi Kapital bozoriV xalqaro konferensiyasi tashkil qilindi.

Anʼanaga aylangan mazkur konferensiya kapital bozorini tartibga soluvchi masʼul organlar, mahalliy banklar, investitsiya va ishlab chiqarish kompaniyalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari hamda koʻplab ushbu soha ekspertlarini bir maqsadda birlashtirdi.

Mazkur tadbirda Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Miraliyev ishtirok etib, oʻz maʼruzasida shaffof va raqamli tizim faoliyatiga oʻtish yoʻlida Davlat korxonalarining faoliyati toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni har yili oshkor qilish amaliyoti joriy etilganligi, endilikda, davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi aʼzoligiga nomzodlarni qabul qilish va davlat korxonalari rahbarlarini tayinlash tanlov asosida amalga oshirilishi haqida taʼkidlab oʻtdi.

Shu bilan birga, mustaqil Oʻzbekiston tarixida ilk bor, davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarishning fundamental huquqiy asosiga aylangan Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi Qonunni qabul qilinganligi, qolaversa, korporativ boshqaruv yoʻnalishida muhim ahamiyatga ega yangi tahrirdagi korporativ boshqaruv qoidalari, axloq kodeksi va boshqa bir qator hujjatlar xalqaro ilgʻor tajribalar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv rahbarlik tamoyillari asosida ishlab chiqilganligi hamda amaliyotga joriy etilganligini maʼlum qildi.

Bundan tashqari, mamlakatimiz iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish, bunda xususiylashtirish dasturi va uni amalga oshirish boʻyicha qilinayotgan islohotlar bilan konferensiya qatnashchilari batafsil tanishtirildi.

Tadbirda ishtirokchilar tomonidan xususiylashtirish sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va erishilayotgan natijalar mamlakat kapital bozorini jadal rivojlantirish yoʻlida mustahkam poydevor boʻlib xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

1334 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech