Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Avgust 2023

Surxondaryo viloyatida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi "Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1046 ta koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va  investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida "bitta aksiya-bitta lot" tamoyili asosida "Xalq IPO" orqali taklif etilishi belgilangan.

Hududlarda mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʻibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 2-avgust kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Surxondaryo viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda 200 nafardan ziyod mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari, tadbirkorlar va investorlar ishtirok etdi.

“Roadshow” taqdimoti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Saydullo Xalikov hamda viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Anvar Oripov boshchiligida boʻlib oʻtdi.

“Roadshow” ishtirokchilariga Davaktiv agentligi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil dasturlariga muvofiq jami 124 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilganligi, shundan 32 ta davlat aktivlari 70,1 mlrd.soʻm qiymatiga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganligi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, 2022-yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 6006 ta 202,6 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib, shundan 909 ta 54,1 gektar yer uchastkalari 18,2 mlrd.soʻmga sotilishiga erilishilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan Surxondaryo viloyatidagi jami 49 ta davlat va davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining aktivlari, shundan 34 ta koʻchmas mulk obyektlari yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, qatnashchilarga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljalllanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻz oʻrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha "master-klass" oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.

Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan “Roadshow” davomida Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga javoblar berib oʻtdilar.

Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari uchun Press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan tadbirkorlar tomonidan ushbu obyektlar negizida bajarilgan ishlar, shuningdek sotuvga chiqarilgan davlat aktivlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Mazkur tadbir keyingi oʻrinlarda Surxondaryo viloyatining varcha tuman va shaharlarida davom etadi.

Shuningdek, shu kabi tadbirlar bugungi kunga qadar Fargʻona, Andijon, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida oʻtkazildi hamda yaqin kunlarda respublikamizning qolgan barcha viloyatlarida, Toshkent shahrida va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1337 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech