Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Yanvar 2023

Singapur mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilinadi

Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi tadbirlar – ushbu mamlakat Prezidenti Halima Yaqub va Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida bir qator dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlik o‘rnatish belgilab olindi.

Ikki davlatlar o‘rtasidagi keng hamkorlikning ikkinchi yo‘nalishi sifatida Singapurni O‘zbekistondagi xususiylashtirish jarayonlariga jalb qilinishi belgilab olindi. Shu maʼnoda, muzokaralarda Singapurning yetakchi kompaniyalari ilg‘or tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va boshqaruv usullaridan foydalangan holda O‘zbekistonning yirik korxonalarini xususiylashtirish doirasidagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Davlat korxonalarini transformatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirish, keyinchalik ularni IPOga chiqarish va tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun qo‘shma Investitsiya jamg‘armasini tuzish taklif qilindi.



Xususan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Singapurning “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi o’rtasida o’zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

1295 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech