Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Dekabr 2023

Hududlarda yoshlar yetakchilari va hokim yordamchilari uchun targʻibot seminarlari tashkil etildi

“E-auksion” elektron savdo platformasini aholi, ayniqsa tadbirkorlar oʻrtasida ommalashtirish, platforma imkoniyatlari, bunda savdoda turgan mulk va mulkiy huquqlar toʻgʻrisida maʼlumot berish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu vazifani bajarish maqsadida “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ (keyingi o'rinlarda - Jamiyat) tomonidan barcha hududlarda targʻibot-seminar mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda.

Mazkur targʻibot ishlari Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

Dastlab Jamiyat va hamkor tashkilotlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandum imzolanib, bunda targʻibot ishlarini olib borishda har tomonlama koʻmak koʻrsatishga kelishib olindi.

Hamkorlik doirasida joriy yilning noyabr oyida Respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilgan targ‘ibot seminarlarida mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yurituvchi 9 mingdan ortiq yoshlar yetakchilari ishtiroki ta'minlandi. Seminarlarda davlat mulki obyektlarini tadbirkorlarga xususan, yoshlarga ijara huquqi asosida berish orqali yoshlar sanoat zonalarini tashkil qilish, dehqon xo‘jaligini yuritish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun ijaraga berilayotgan yer uchastkalari, “Yoshlar daftari” va xorijdan qaytgan mehnat migrantlari ro‘yxatiga kiritilgan yoshlarga auksion savdolarida berilgan imtiyozlar va boshqa imkoniyatlar bo‘yicha mahallalardagi yoshlar yetakchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Shuningdek, joriy yilning oktabr oyida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bilan hamkorlik doirasida hududlarning tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan 9 444 nafar hokim yordamchilari uchun Jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘quv seminarlari tashkil etildi. Bunda “E-auksion” elektron savdo platformasida savdoda turgan davlat aktivlari, ijaraga beriladigan davlat ko‘chmas mulk obyektlari, tadbirkorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun yer uchastkalari, qishloq xo‘jaligi va dehqonchilik uchun yer uchastkalarini olish tartibi, elektron raqamli imzo kalitlarini rasmiylashtirish tartiblari to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchilari uchun 10 ming tirajda platformadan foydalanish bo‘yicha qo‘llanmalar chop etilib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi orqali hududlarga tarqatilgan bo‘lsa, Yoshlar siyosati va sport vazirligi orqali yoshlar yetakchilariga qo‘llanmalar elektron shaklda yetkazildi.

1808 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech