Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Yanvar 2023

Davaktiv agentligi hamda xalqaro investitsiya tashkiloti “Templeton Asset Management Ltd” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Avval maʼlum qilinganidek, Joriy yilning 13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapur Respublikasiga davlat tashrifi doirasida o‘tkazilgan biznes-forumda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda xalqaro investitsiya tashkiloti “Templeton Asset Management Ltd” (Singapur) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ma’lumot uchun: “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi Franklin Templeton xalqaro investitsiya korporatsiyasi a’zosi hisoblanib mazkur korporatsiya global investitsion boshqaruv sohasida 75 yildan buyon faoliyat yuritib, 155 dan ortiq mamlakatlardagi mijozlarga xizmat ko'rsatib, bugungi kun holatiga qiymati 1 410,6 milliard AQSh dollari bo'lgan aktivlar boshqaruvini amalga oshirmoqda.

O‘z navbatida, Memorandumdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Singapur Respublikalari o‘rtasidagi iqtisodiy-moliyaviy barqarorlikni yanada mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarish sohasida, jumladan, mamlakatimizda olib borilayotgan xususiylashtirish jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilish, jahon tajribasiga binoan davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish, bunda korportiv  boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha hamkorlik harakatlarini muvofiqlashtirishdir.

Tadbirda “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi vakillari, O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni alohida eʼtirof etib, keyingi yillarda mamlakatimiz o‘z eshiklarini xalqaro hamkorlarga keng ochgani va bu qisqa vaqtlarda yuksak samaralar berishini alohida taʼkidladilar.

Shu o‘rinda, tomonlar hamkorlik aloqalari rasmiylashtirilganini mamnuniyat bilan qayd etib, tez orada tajriba almashish borasida tegishli dasturlarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

2193 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech