Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyun 2023

“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha Yetakchi konsultant tanlab olindi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish uchun Yetakchi konsultant (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb qilish yuzasidan xalqaro tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 5 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalardan takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, faoliyat sohasida amalga oshirgan yuqori darajadagi loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional jamoasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan KPMG xalqaro kompaniyasi “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish uchun Yetakchi konsultant sifatida tanlandi.

Yetakchi konsultant quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • moliyaviy va soliq faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • huquqiy faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • investorlar qiziqishini birlamchi oʻrganish (soft market sounding)
  • yaxlit Kompaniya, shu jumladan ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarni va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarni va/yoki infratuzilma va xizmatlarini sotib olishga boʻlgan investorlarning qiziqishini oʻrganish (primary market sounding)
  • xususiylashtirish strategiyasini (“Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “Oʻzkimyosanoat” AJ va davlat ulushlarini xususiylashtirish) va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish.
  • kreditlar bo‘yicha asosiy qarz, foizlar va soliqlarni davlat byudjetiga to‘lashni ta’minlash maqsadida aktivlar rentabelligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish bo'yicha tahlillar.

Davaktiv agentligi KPMG xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda jarayonni ochiq, shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan savdo mexanizmlariga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini koʻradi hamda jarayonning har bir bosqichi toʻgʻrisida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil 30-apreldagi e'longa muvofiq, “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) Strategik maslahatchi sifatida jalb etilgan.

2200 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech