Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Fevral 2023

“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish uchun yetakchi konsultant jalb qilish to‘g‘risida e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Davaktiv agentligi / Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Navoiyazot” AJ (keyingi o‘rinlarda – Aktiv / Kompaniya)ni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) uchun Yetakchi konsultant (keyingi o‘rinlarda – Konsultant) jalb qilish bo'yicha tanlov e’lon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 27 mart kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlari so‘raladi.

Agar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy Konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘raladi:

Shoxrux Oxunov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining departamenti boshlig‘i;

Tel.: + 998-71-259-20-23; el.pochta: tender@davaktiv.uz;

Shoxabbos Abduazimov, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining departamenti boshligʻi oʻrinbosari;

Tel.: + 998-71-259-20-91; el.pochta: tender@davaktiv.uz.

Loyiha doirasida ushbu Yetakchi konsultantdan tashqari Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) strategik maslahatchi sifatida jalb etiladi, shuningdek texnik, ekologik va ijtimoiy tahlil oʻtkazish uchun Texnik konsultant jalb qilish uchun alohida tanlov eʼlon qilinadi.

Loyiha bo‘yicha ishlar Konsultant, IFC, Texnik konsultant, Buyurtmachi va Aktiv vakillari o‘rtasida yaqin hamkorlikda amalga oshirilishi kutilmoqda, zarur hollarda esa ma’lumotlar yig‘ishda Aktiv jamoasiga amaliy ko‘maklashish va Aktivga tashrif buyurishlari mumkin.

Diskleymer

Mazkur so‘rovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga ko‘ra, takliflar uchun ushbu so‘rovni e’lon qilish va/yoki u bilan bog‘liq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va ma’lumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish bo‘yicha kutilishi mumkin bo‘lgan ishlar hajmi to‘g‘risida umumiy ma’lumot sifatida xizmat qilishiga mo‘ljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bog‘lanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bog‘liqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

Ushbu so‘rovnoma matni o‘zbek, rus va ingliz tillarida e’lon qilingan, tafovutlar bo‘lgan taqdirda matnning ingliz tilidagi versiyasi ustunlik qiladi.

 

“Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish yuzasidan Yetakchi konsultant uchun Taklif taqdim etish uchun so‘rovnoma (RfP)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 10 oktabrdagi “Kimyo va gaz-kimyo sanoatini Strategik rivojlantirishning maqsadli dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-388-son Qaroriga muvofiq, jumladan, “Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi “O‘zkimesanoat” AJ va davlat ulushlarini xususiylashtirishga tayyorlash belgilangan. “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish Kompaniyani yahlit holda xususiylashtirishni yoki Kompaniyaning ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarga boʻlgan holda va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarini va/yoki mustaqil tajribali xususiy operator tomonidan boshqariladigan infratuzilma va xizmatlarini xususiylashtirishni nazarda tutishi lozim. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun quyidagilarni bajarish belgilangan:

  • Moliyaviy va soliq faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • Huquqiy faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • Investorlar qiziqishini birlamchi oʻrganish (soft market sounding)
  • Yaxlit Kompaniya, shu jumladan ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarni va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarni va/yoki infratuzilma va xizmatlarini sotib оlishga boʻlgan investorlarning qiziqishini oʻrganish (primary market sounding)
  • Xususiylashtirish strategiyasini (“Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi (fondidagi) “Oʻzkimyosanoat” AJ va davlat ulushlarini xususiylashtirish) va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish.

Shu munosabat bilan, Davaktiv agentligi tomonidan “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun ochiq tanlov jarayoni asosida konsalting kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsultant) jalb qilinadi.

Yetakchi konsultant mazkur Loyihaning to'laligicha amalga oshirilishiga, shu jumladan Texnik konsultantni faoliyatini nazorat qilish va uning natijalarini zarur bo‘lganda o‘z hisobotlari va hujjatlari bilan birlashtirish uchun javobgar hisoblanadi.

Aktivni xususiylashtirish xuxusilashtirish strategiyasini ishlab chiqish quyidagi maqsadlarga erishishga qaratilgan:

  • Kompaniyaning mavjud aktivlarini operatsion samaradorlikni va uning moliyaviy holatini yaxshilash;
  • infratuzilma, xizmatlar ko‘rsatish va ishlab chiqarish bo‘linmalarini yanada barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, moliyaviy barqarorlik va “nou-xau” ekspertizasi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • zamonaviy texnologiyalar, moliyaviy barqarorlik va “nou-xau” ekspertizasini joriy etish uchun hamda barqaror rivojlantirish va aktivlarni (infratuzilma, xizmatlar va ishlab chiqarish birliklarini) modernizatsiya qilish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • Davlat budjetiga kreditlar bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlari, foizlar va soliq to‘lovini amalga oshirish uchun aktivlarning rentabellik salohiyatini oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
  • Kimyo sanoatini yanada rivojlantirish uchun mamlakatimizda xususiy investitsiyalar hajmini oshirish;
  • Moliyaviy, tabiiy va inson resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
  • Kompaniyaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish va Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.

Aktiv to‘g‘risida qisqacha ma’lumot

“Navoiyazot” AJ tabiiy gazni qayta ishlash hamda mineral o‘g‘itlar, oltin qazib oluvchilar uchun kimyoviy reagentlar va kam tonnali kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi O‘zbekistonning kimyo sohasidagi eng yirik korxonalardan biri hisoblanadi.

“Navoiyazot” AJ O‘zbekiston kimyoviy mahsulotlarining 30%dan ortig‘ini ishlab chiqarib, “O‘zkimyosanoat” aksionerlik aktivining baza segmentlaridan biri hisoblanadi hamda sanoat, transport, qishloq xo‘jaligi, yoqilg‘i-energetika majmui, shuningdek xizmat sohasi, fan va ta’limning deyarli barcha tarmoqlarini qamrab olgan.

“Navoiyazot” AJ tashqi savdo operatsiyalarida faol ishtirok etib, 2021 yil yakuniga ko‘ra Yevropa, O‘rta Osiyo mamlakatlariga umumiy qiymati 6,9 mlrd. so‘mlik mahsulotlar eksportini amalga oshirgan. Shuningdek, 2021 yil yakuniga ko‘ra Kompaniya 3,1 trln. so‘m miqdoridagi sof tushumga, 6,2 mlrd. so‘m miqdoridagi sof foydaga, shuningdek 6,0 mlrd. so‘m miqdoridagi ustav kapitaliga ega.

Kompaniyaning markaziy ofisi Navoiy shahri, Mirobod tumani, A.Temur ko‘chasi, 5-uy manzilida joylashgan.

Xizmatlar hajmi:

Ushbu loyiha doirasida Konsultant xizmatlarining ko‘lami 2 bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Amaldagi o‘zaro bog‘liq infratuzilmani, ishlab chiqarish jarayonlari va obyektlarni, umumiy xizmatlarni keyinchalik xususiylashtirish uchun alohida yuridik ishlab chiqarish birliklarga ajratishni zarurati va keyingi imkoniyatlari/maqsadga muvofiqligini baholash maqsadida, Kompaniyani moliyaviy, soliq, huquqiy faoliyatini kompleks tahlil qilish (due diligence)

1. Moliyaviy va soliq faoliyatini kompleks tahlili (due diligence):

  1. Kompaniyani so‘ngi uch yildagi moliyaviy holati va moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish; amaldagi o‘zaro bog‘liq infratuzilmani, ishlab chiqarish jarayonlari va obyektlarni, umumiy xizmatlarni alohida yuridik ishlab chiqarish birliklarga va/yoki infratuzilma va xizmatlarga ajratishni zarurati va keyingi imkoniyatlari/maqsadga muvofiqligini baholash maqsadida, narx siyosati va amaldagi operatsion biznes modelini qayta ko‘rib chiqish;
  2. daromad va xarajatlarga ta’sir etuvchi asosiy omillarni, shuningdek ularning rentabellik holatiga ta’sirini tahlil qilish;
  3. davlat kafolati bilan ta’minlangan kredit mablag‘larini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratgan holda boshqa mavjud/joriy qarzlar tahlili hamda kelishuvlar, ayniqsa Kompaniyani qayta tashkil etish bo‘yicha cheklovlarni tahlil qilish;
  4. mavjud kreditlar tahlili, shu jumladan, davlat kafolati bo‘yicha jalb qilingan kreditlar va ularning asosiy shartlari tahlili, shuningdek, ularni o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishini o'rganib chiqish;
  5. Kompaniyani yaxlit yoki ehtimoliy alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga bo'lgan holda va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarini va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlarini xususiylashtirish usullarini ishlab chiqish jarayoni doirasida davlat kafolati ostida olingan kreditlarni mos ravishda restrukturizatsiya qilish imkoniyatini o‘rganish;
  6. ehtimoliy alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlari uchun talab qilinishi ehtimoliy aylanma mablag‘lar miqdorini baholash bilan birgalikda aylanma mablag‘larni tahlil qilish;
  7. asosiy CAPEX dasturlarini tahlil qilish hamda ularni alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga qayta taqsimlash imkoniyatlarini o‘rganish;
  8. asosiy ta’minotchilar va buyurtmachilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlarini qayta ko‘rib chiqish va ularni alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga qayta taqsimlash imkoniyati tahlilini o‘tkazish;
  9. prognoz ko‘rsatkichlari tahlili va aniq natijalar bo‘yicha og‘ishlarning izohlanishi.

Quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab olgan soliq faoliyatini kompleks tahlili (due diligence):

  • avvalgi soliq risklarini aniqlash;
  • biznes modeli va huquqiy tuzilmadagi ehtimoliy o‘zgarishlardan kelib chiqadigan potensial soliq oqibatlarini aniqlash;
  • sohalarga e’tibor qaratgan holda Kompaniya tomonidan qo‘llaniladigan soliq tartibi sharhi;
  • taqdim etilgan soliq imtiyozlaridan foydalanishning maqsadga muvofiqligi va ularni kelajakda qo‘llash imkoniyatlarini tahlil qilish;
  • soliq auditi va soliq bo‘yicha sud majburiyatlarini tahlil qilish.

Moliyaviy va soliq hisobini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga ajratish imkoniyatini baholash.

2. Huquqiy kompleks tahlili (due diligence):

  1. Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatini baholash bilan joriy tashkiliy tuzilmani tahlil qilish;
  2. Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatini baholash bilan faoliyatni amalga oshirish huquqlarini tahlil qilish ;
  3. Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatini baholash bilan egalik huquqlarini, shartnomaviy munosabatlarni, shu jumladan xom ashyo va kommunal xizmatlarni ta’minlash bo‘yicha tijorat shartnomalarni tahlil qilish;
  4. mehnat faoliyatiga bog‘liq masalalar va ularning Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatiga ta’sirini tahlil qilish;
  5. sud muhokamalari va ularning Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatiga ta’sirini tahlil qilish;
  6. yaxlit Kompaniyaga, shuningdek uskunalarga va alohida ishlab chiqarish birliklariga mavjud taqiqlarni va boshqa majburiyatlarni hamda ularning Kompaniya biznes faoliyatini alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga tarkibiy jihatdan o‘zgartirish imkoniyatiga ta’sirini tahlil qilish;
  7. huquqiy hujjatlarni alohida mustaqil ishlab chiqarish birliklariga va/yoki ishlab chiqarish zanjirlariga va/yoki alohida infratuzilma va xizmatlar obyektlariga ajratish imkoniyatini baholash;

3. Investorlar qiziqishini o‘rganish (market sounding):

  1. mintaqaviy va xalqaro strategik investorlardan Kompaniyani yaxlit va/yoki alohida ishlab chiqarish bo‘linmalari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlar ko‘rinishida sotib olish uchun talab qilinadigan qiziqish va shartlarni baholash; shu jumladan xomashyo yetkazib berish va kommunal xizmatlarni ko‘rsatish tijorat shartlari, qisqa muddatli moliyaviy kelishuvlar va/yoki ekologik va ijtimoiy boshqaruvga (ESG) bo‘lgan shartlar kabi investor talablarini sharhlash. Konsultant bozor tadqiqoti yondashuvini va salohiyatli investorlar ro‘yxatini, beriladigan savollar va javoblar to‘plamini Davaktiv agentligi bilan kelishib olishi lozim;
  2. manfaatdor investorlardan olingan javoblar asosida sotishning indikativ qiymatini tahlil qilish;
  3. istiqbolli investorlar sonini ko‘paytirish va baholashni sifatli amalga oshirish maqsadida zarur bo‘lgan muhim chora-tadbirlar to‘g‘risida izohlar taqdim etish.

Moliyaviy-huquqiy kompleks tahlili xulosalari hisobotda taqdim etiladi, unda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

  • Kompaniyaning rivojlanish strategiyasi bo‘yicha tavsiyalar;
  • Kompaniyaning yaxlit yoki aktivlarning ehtimoliy bo‘lish, shuningdek, ishlab chiqarish birliklari va ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlarni ehtimoliy birlashtirish yuzasidan rivojlanish strategiyasi bo‘yicha tavsiyalar;
  • Investorlar qiziqishini o‘rganish natijalarini inobatga olgan holda, ishlab chiqarish birliklari va ishlab chiqarish zanjirlari va/yoki infratuzilma va xizmatlarning har bir guruhini investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
  • mavjud kreditlar va kredit liniyalari (jumladan, davlat tomonidan kafolatlangan) bo‘yicha tavsiyalar, shu jumladan ularni tarkibiy o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish.

Mazkur hisobot Texnik konsultant tomonidan amalga oshirilgan texnik kompleks tahlili (due diligence) hisobotining asosiy xulosalarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim.

2-bosqich: Kompaniyani xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yo‘l xaritasini ishlab chiqish:

1. Birinchi bosqich natijalariga ko‘ra, Konsultant Kompaniyani yanada rivojlantirish va xususiylashtirish strategiyasi bo‘yicha yondashuvini hamda quyidagi masalalarni aks ettiruvchi “yo‘l xaritasi”ni taklif qiladi:

  • Kompaniyani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • asosiy bosqichlarni, ularning ketma-ketligi va taxminiy muddatlarini aniqlash;
  • “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish va/yoki konsessiyaga berish usullari bo‘yicha tavsiyalar: yaxlit Kompaniyani va/yoki ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlarining alohida guruhlarini hamda infratuzilma va xizmatlarini. Har bir usul uchun tanlangan usulning maqsadga muvofiqligini asoslash, shuningdek sotish diapazoni/indikativ narx qiymatini hisobini taqdim etish;
  • Jarayonining boshidan oxirigacha aktivlarni va infratuzilmalarni boshqarish tuzilmasini aniqlash (investorga topshirishdan oldin kim va qanday boshqaradi);
  • Rentabelligi past bo‘lgan ishlab chiqarish obyektlarini (shu jumladan, xususiylashtirishi mumkin bo‘lmagan ishlab chiqarish obyektlari) boshqarish yoki tugatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
  • Aktivlarni xususiylashtirishga ruxsat beruvchi qonunchilik bazasiga ehtimoliy o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar (zarurat tug‘ilganda);
  • 1-bosqichda aniqlangan asosiy ekologik va ijtimoiy muammolarni yechish bo‘yicha tavsiyalar;
  • Agar Konsultant tomonidan IPO orqali sotish tavsiya etilgan taqdirda, Konsultantning taklifi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
    1. IPO doirasida sotiladigan har bir kompaniya aksiyalari paketi hajmi va IPO o‘tkazish uchun fond birjasi bo‘yicha aniq tavsiyalar taqdim etish;
    2. Kompaniyani raqobat muhitiga olib kirishda Kompaniyaning qiymati va boshqa taqqoslanadigan kompaniyalarning qiyosiy qiymatini inobatga olgan holda sotish narxiga belgilangan potensial mukofot/ chegirma miqdorini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar;
    3. Shu kabi kompaniyalarning so‘nggi ro‘yxatlarini o‘rganish orqali IPO uchun potensial bozor talabini ko‘rib chiqish.

Agar taklif etilayotgan Kompaniyani xususiylashtirish strategiyasi ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlarining guruhlaridan iborat bo‘lsa, ushbu taklifda quyidagilar aks ettirilishi lozim:

  • Kompaniyani investorlar uchun sodda va tushunarli bo‘lgan ishlab chiqarish bo‘linmalari/ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlari guruhlariga bo‘lish bo‘yicha harakatlar rejasi;
  • umumiy infratuzilma va xizmatlar bilan bog‘liq aktivlarni taqsimlash hamda ishlab chiqarish birliklari va/yoki ishlab chiqarish zanjirlari guruhlari bilan keyingi o‘zaro hamkorlik bo‘yicha tavsiyalar;
  • ijtimoiy obyektlarni boshqarish va/yoki o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar.

Tahlil qilish jarayonida tanlangan xususiylashtirish (yoki ishlab chiqarish birliklari/ishlab chiqarish zanjirlari guruhlarini, yoki yaxlit Kompaniyani) strategiyasidan kelib chiqib, aktivlarning narx parametrlari oralig‘ini aniqlash lozim.

Konsultantning tegishli xususiylashtirish strategiyalari bo‘yicha tavsiyalari potensial risklarni hamda ekologik va ijtimoiy risklarni kamaytirish choralarini (masalan, xodimlar soni, jamoaviy bitimlar va boshqalar bilan bog‘liq masalalar) o‘z ichiga olishi lozim.

2. Agar aktivlar xususiylashtirishga tayyor emas deb qaror qabul qilinsa, Konsultant quyidagilarni aks ettiruvchi yo‘l xaritani ishlab chiqishi lozim:

  1. aktivlarni sotuvga tayyor emasligi haqidagi xulosani asoslash, shu jumladan moliyaviy holatni tahlil qilish, soliq, huquqiy, tijorat, operatsion va/yoki ekologik risklarning mavjudligini aniqlash;
  2. asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlar, shu jumladan asosiy aktivdan alohida sotilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy obyektlar bo‘yicha tavsiyalar;
  3. aktivlarning moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar;
  4. aktivlarni xususiylashtirishga ruxsat beruvchi qonunchilik bazasiga ehtimoliy o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar (zarurat tug‘ilganda);
  5. Konsultant aktivga egalik qilish xarajatlari va budjetlari asosida aktivni davlat mulkida saqlanib qolinishini iqtisodiy ta’siri hisobini, shuningdek, Kompaniyani uzoq/o‘rta muddatda xususiylashtirish mumkin emasligini asoslantiradigan sabablarini taqdim etishi lozim.

Oraliq hisobot va kommunikatsiya:

Konsultant o‘z vazifalarini bajarish davomida Loyihaga jalb qilingan Loyiha qo‘mitasi a’zolari va boshqa tegishli tomonlar bilan doimiy aloqada bo‘lishi va o‘zaro hamkorlik qilishi lozim.

Har bir bosqich uchun belgilangan barcha oraliq va yakuniy belgilangan muddatlarda topshirilishi hamda Loyiha qo‘mitasi a’zolari tomonidan maqbul deb topilgan standartga ega bo‘lishi lozim.

Konsultant Kompaniya hududiga tashriflarini Loyiha qo‘mitasining tegishli a’zolari bilan kelishadi. Bajarilayotgan ishlarni monitoring qilish jarayonida Loyiha qo‘mitasi Loyihaga va Loyiha bajarilishiga tegishli har qanday va barcha ma’lumotlarni so‘rash huquqiga ega va Yetakchi konsultant o‘z o‘rnida ularni zudlik bilan taqdim etishi zarur.

Konsultant loyiha qo‘mitasi tomonidan o‘ziga yuklatilgan/topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun noloyiq yoki boshqa jihatdan qoniqarsiz deb topilgan jamoa a’zosini zudlik bilan almashtirishi lozim. Shu bilan birga, xodimlarni almashtirish zarurati Konsultantga natijalarni taqdim qilish muddatlarini uzaytirish huquqini bermaydi.

Kutilayotgan natija:

Texnik konsultant tomonidan tayyorlangan texnik kompleks tahlil hisobotining asosiy xulosalarini oʻz ichiga olgan yagona hisobot “PDF” formatida (tahrirlash imkoniyati bilan) rus va ingliz tillarida taqdim etiladi. Barcha moliyaviy modellar “Microsoft Excel” formatida (makroslarni ishlatmasdan) rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.

Barcha yakuniy hujjatlar, materiallar va amalga oshirilgan ishlar natijalari Loyiha qoʻmitasi aʼzolari tomonidan tasdiqlanishi lozim va undan soʻng yakuniy/tugallangan hisoblanadi. Davaktiv agentligi amalga oshirilgan ishlar natijasi boʻyicha 10 ish kuni ichida ingliz yoki rus tillarida yozma izoh berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Konsultant barcha materiallarga nisbatan quyidagi koʻrsatmalarga amal qilishi lozim:

  • Ular tyexnik jihatdan toʻgʻri boʻlishi hamda dasturlash, grammatik, orfografik va hisob-kitob xatolaridan xolis boʻlishi lozim;
  • Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan taqdimot materiallarida xulosa va hisobotlarni har bir slaydda yagona maʼlumot bilan (mavjud boʻlgan taqdirda) aniq va qisqa bayon qilishi lozim;
  • Har qanday maʼlumotlar va/yoki hisob-kitoblar “Microsoft Excel” formatida rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim;
  • Agar fayllar yoki dasturiy taʼminotning ayrim qismlari tasodifiy oʻzgarishlarning oldini olish yoki asosiy parametrlarni/hisob-kitoblarni himoya qilish uchun berkitilishi (qulflanishi) zarur boʻlsa, ularning parollari/ruxsatnomalari Davaktiv agentligi va Loyiha qoʻmitasi aʼzolariga taqdim etilishi lozim;
  • Yozma materiallar va vositalar koʻrinishidagi barcha maʼlumotlar elektron shaklda taqdim etilishi kerak. Elektron shakllari cheklovlarsiz tahrirlanishi va oʻqilishi lozim.

Konsultantga qoʻyiladigan malakaviy talablar:

1. Loyiha doirasida xizmatlarni koʻrsatish uchun Konsultant jalb qilingan mutaxassislar va bajarilgan ishlar (xizmatlar) roʻyxatini taqdim etishi lozim.

2. Konsultant M&A bitimlari sohasida yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri hisoblanishi, ushbu sohada kamida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi, afzalli Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda ish tajribasiga ega boʻlishi lozim

3. Xizmatlarni koʻrsatish uchun Konsultant, uning jamoasi aʼzolari yoki konsorsium xizmatlar bozorida va sanoatda tegishli tajribaga ega boʻlishi lozim, jumladan:

  1. soʻngi 5 yil ichida xususiylashtirish boʻyicha muvaffaqiyatli yakunlangan yetakchi Konsultant sifatida tajribaga (M&A, IPO, SPO) ega ekanligi, shuningdek MDH mintaqasida shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etish tajribasi afzal koʻriladi;
  2. soʻngi 5 yil ichida xususiylashtirish usullarini belgilashni talab qiluvchi loyihalarda ishtirok etganligi, MDH mintaqasida shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida xususiylashtirish loyihalarida ishtirok etganligi va tajribaga ega ekanligi afzal koʻriladi;
  3. Kimyo sohasida xalqaro bitimlar yuzasidan maslahat berish boʻyicha kamida 10 yillik tajribaga egaligi, shuningdek, MDH mintaqasida ish tajribasi, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasida operatsiyalar boʻyicha maslahat (konsultatsiya) berish tajribasiga ega boʻlishi afzal koʻriladi.
  4. Konsultant guruhi tarkibida oliy yuridik va/yoki moliyaviy maʼlumotga va tegishli ish tajribasiga ega boʻlgan kamida 3 nafar mutaxassis, shuningdek MDH mamlakatlari, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida korxonaning qoʻshib olish va/yoki xususiylashtirish loyihalari boʻyicha moliyaviy maslahat xizmatini amalga oshirganlik tajribasiga ega kamida 3 nafar mutaxassis boʻlishi lozim.
  5. Konsultant jamoasi kamida 2 nafar sertifikatlangan (CFA) moliyaviy tahlilchini, kamida 2 nafar Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi (ACCA) sertifikatiga ega mutaxassisni, shuningdek bank kreditlarini qayta tuzish va yirik sanoat korxonalarini transformatsiyasi qilish sohasida, jumladan energetika yoki kimyo sanoati sohalarida tajribaga ega 2 nafar malakali mutaxassislarni oʻz ichiga olishi kerak.
  6. Konsultant jamoasi aktivlarni xususiylashtirish (M&A, IPO, SPO) boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatishga doir tajribaga ega boʻlishi, MDH mamlakatlarida yoki xalqaro miqyosida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi hududida energetika yoki kimyo korxonalarining asosiy faoliyatini (aksiyalar/ulushlar paketi) yoki asosiy vositalarini baholash boʻyicha soʻngi 5 yil ichida kamida 5 ta loyihasini muvaffaqiyatli yakunlagan tajribasi afzal koʻriladi.

4. Konsultantning ish tajribasi koʻrsatilgan xizmatlarning qisqacha tavsifi bilan tasdiqlanadi va Konsultantning bosh supervayzori tomonidan imzolanadi. Xalqaro tarmoqqa aʼzo boʻlgan kompaniyalar uchun Konsultant bilan yagona xalqaro tarmoqqa aʼzolik tamoyili boʻyicha afillangan bir necha yuridik shaxslarning ish tajribasini koʻrsatishga ruxsat beriladi.

5. Xizmatlarni koʻrsatish uchun Konsultant ishchi guruh tashkil etishi mumkin, uning vazifalariga mazkur Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP)da belgilangan xizmatlarni taqdim etish kiradi.

6. Ishchi guruh tarkibiga quyidagi vakolatlarga ega kamida 1 nafar xodim kiritilish lozim:

  • MDH mamlakatlarida yoki Oʻzbekiston Respublikasida bitimlarni, shu jumladan xususiylashtirish boʻyicha bitimlarni, amalga oshirish boʻyicha maslahat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan katta ish tajribasiga (kamida 5 yil) ega boʻlishi lozim.

7. Loyiha jamoasining kasbiy malakasi quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi: mutaxassislarning maʼlumotnomasi (rezyume), diplom va/yoki sertifikatlar va/yoki guvohnomalar nusxalari yoki internet resurslaridan koʻchirma nusxalari (zaruratga koʻra).

8. Konsultant texnik topshiriqni bajarish uchun subpudratchi jalb qilish va/yoki konsorsium tuzish huquqiga ega, biroq barcha vazifalarni bajarish uchun masʼuliyat Yetakchi konsultantga yuklatiladi. Ishga jalb qilingan subpudratchilarning xodimlar roʻyxati va maʼlumotnomalari (rezyume) Konsultantning tijorat taklifiga kiritiladi va shartnoma tuzilgandan soʻng oʻzgartirilishi mumkin emas.

Loyihani bajarish muddati:

Shartnoma imzolangan kundan boshlab 6-8 oy.

Davaktiv agentligi tomonidan taqdim etiladigan maxsus materiallar:

Ushbu Loyihani amalga oshirish davomida Davaktiv agentligi Etakchi maslahatchiga quyidagilarni taqdim etish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi:

  • Davaktiv agentligi jamoasi Loyihani amalga oshirish davomida tegishli koʻrsatmalar bilan Konsultantni taʼminlashi, Etakchi va Tyexnik konsultant bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi lozim. Yetakchi konsultant doimiy va muntazam aloqada boʻlishi hamda ish jarayonini oʻrganib borish uchun Davaktiv agentligi bilan qoʻngʻiroqlarni amalga oshirib borishi zarur;
  • Oʻgʻitlar bilan bogʻliq avvalgi loyihalarning hujjatlari – Davaktiv agentligi jamoasi oʻz tasarrufidagi barcha tegishli (maxfiy boʻlmagan) hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi lozim;
  • Birlamchi maʼlumotlar imkoniyatlardan kelib chiqib uch tildan birida – oʻzbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

Alohida shartlar/maxfiylik:

Loyiha maʼlumotlarni toʻplash uchun bevosita mamlakatda boʻlishni, suhbatlar oʻtkazishni, oraliq xulosalarni Loyiha qoʻmitasi jamoasiga taqdim etishni hamda turli jamoalar va hamkorlarga yakuniy tavsiyalar yozishni talab qiladi. Konsultant Loyihani bajarish doirasida bevosita mamlakat hududida tahlil oʻtkazish uchun kerakli mutaxassislarni safarbar qilish qobiliyatini namoyish qilishi lozim.

Davaktiv agentligi barcha maʼlumotlar, hisobotlar va boshqa natijalarga boʻlgan egalik huquqini toʻliqligicha va faqatgina oʻzida saqlab qoladi va Davaktiv agentligi mulki hisoblanadi. Mazkur Loyiha doirasida Davaktiv agentligi, XMK (IFC), JB va boshqa tegishli manfaatdor tomonlar tomonidan olingan barcha maʼlumotlar maxfiy hisoblanadi va faqat ushbu Taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP) doirasida foydalaniladi.

 

2781 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech