Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Iyun 2021

“Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ ustav kapitalidagi ulushni sotish to`g`risida e’longa qo`shimcha

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PF–6167-son Farmoniga muvofiq, “Farg`ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ (keyingi o`rinlarda – “Zavod” yoki “FNQZ”) ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni sotishni tashkil etish ishlari davom etmoqda.

"UzAssets investitsiya kompaniyasi" AJ (keyingi o'rinlarda – “UzAssets” yoki “Sotuvchi”) veb-saytida FNQZni sotuv jarayonining boshlanishi va barcha manfaatdor tomonlarni unda ishtirok etishga taklif qilish to'g'risida 2021-yilning 30-aprel sanasida e'lon chop etildi.

Xususiylashtirish bo'yicha maslahatchi - KPMG kompaniyasi tomonidan mazkur turdagi bitimlarni amalga oshirishning xalqaro amaliyotiga muvofiq bildirilgan tavsiyalar va Zavodni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini inobatga olgan holda, FNQZni sotishning ikki bosqichli jarayoni e'lon qilinadi (keyingi o`rinlarda – “Bitim” yoki “Sotuv”).

Qabul qilingan yondashuvga muvofiq, FNQZni sotish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

1. Bitimda ishtirok etish istagini bildirish bo`yicha arizalar asosida Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitim tuzish;

2. Majburiy takliflarni qabul qilish, muzokaralar va Bitim tuzish.

Birinchi bosqichda Bitimda ishtirok etish istagi bildirilgan arizalar asosida Sotuvchi tomonidan 2021-yil 3-iyulgacha muddatda Bitimning 2-bosqichiga o`tishga ruxsat beruvchi Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitimni imzolash taklif etiladi. Bunda, Bitimda ishtirok etish istagini bildirish bo`yicha 2021-yil 3-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 ga qadar kelib tushgan arizalar Sotuvchi tomonidan qabul qilinadi va ko'rib chiqiladi.

Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitim imzolanganidan so'ng, ikkinchi bosqichda potensial investorlar bir vaqtning o'zida 2021-yil 6-iyulda qo'shimcha ma'lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo`lishadi.

Potensial investorlardan qo'shimcha ma'lumotni tahlil qilish va oldi-sotdi shartnomasi loyihasiga tuzatishlarni hamda majburiy takliflarni 2021-yil 30-avgustdan kechiktirmasdan taqdim etish orqali Bitimni amalga oshirishga tayyorligini tasdiqlash so'raladi.

Potensial investorlar o'zlarining majburiy takliflari bilan birgalikda 1-ilovada keltirib o’tilgan mezonlar bo`yicha malakaviy saralashdan o`tish uchun zarur va yetarli ma'lumotlarni taqdim etishlari lozim.

Qabul qilingan majburiy takliflar va oldi-sotdi shartnomasiga tuzatishlar asosida, Sotuvchi uch hafta ichida keyingi bosqichda o’tkazilishi mumkin bo’lgan muzokaralar bosqichiga ruxsat berilgan kompaniyalar ro'yxatini tasdiqlaydi. G'olib, boshqa omillar qatorida, narx taklifi va kelishilgan oldi-sotdi shartlarining eng yaxshi kombinatsiyasini hisobga olgan holda aniqlanadi.

1-Ilova. Jarayon Ishtirokchilariga qo'yiladigan malaka talablari

Ushbu talablar (narx taklifi va boshqa tijorat shartlarini o'z ichiga olgan shartlar bilan bir qatorda) g'olibni aniqlash uchun mo'ljallangan.

Xaridor va / yoki uning tasischilari, benefitsiarlari, xaridorning affillangan kompaniyalar guruhlarida neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish sohasida malakaviy tajribaning mavjudligi;

FNQZ ustav kapitalidagi 100 foiz ulushni sotib olish uchun pul mablag`lari yoki uning ekvivalentida yetarli moliyaviy resurslarga ega bo’lishlik;

potensial xaridorlar Oshkor etmaslik to'g'risidagi bitim imzolaganidan keyin tanishishi mumkin bo`lgan 2020-2030-yillarda "Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi" MChJni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturida ko'zda tutilgan, O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining va biznesning uzoq muddatli o'sishiga erishishini ko’zlagan Zavodni modernizatsiya qilish dasturi doirasida FNQZga investitsiya kiritish imkoniyatiga ega bo’lishlik va tayyor bo’lishlik, xususan, quyidagi shartlarning bajarilishini ta'minlash:

Evro-5 talablariga javob beradigan zamonaviy va ekologik toza benzin va dizel yoqilg'isi ishlab chiqarishni tashkil etish;

API (Amerika neft instituti) bo'yicha II va III guruh bazaviy va dvigatel moylarini, shuningdek A-1 reaktiv yoqilg'isini ishlab chiqarishni tashkil etish;

Uglevodorod gazlaridan suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarishni ko'paytirish;

Xomashyoni qayta ishlash darajasini 92% gacha oshirish;

Moy-blokini modernizatsiya qilish va xalqaro standartlarga javob beradigan motor moylarini ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish;

2030-yilgacha ishlab chiqarish quvvatini kamida 2 million tonnaga yetkazishni ta'minlash;

Bitim tuzilgan sanadan 12 oy davomida Kompaniya xodimlar sonini Bitimni amalga oshirish sanasidagi Kompaniya xodimlari o`rtacha sonidan kelib chiqqan holda bandlik darajasini saqlab turishga imkoniyat mavjudligi va tayyor bo’lishlik, ikkinchi yildan boshlab, ishchilar sonini yiliga 20% dan ko'p bo'lmagan miqdorda optimallashtirishga tegishli kompensatsiyalar to'langan holda ruxsat etiladi;

“Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli Qonuniga (2019-yil 15-yanvardagi tahririda) rioya qilish.

Qo'shimcha shartlar

UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, Kompaniya va KPMGning Kompaniyani sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va KPMG (Bitim doirasida UzAssetsning eksklyuziv moliyaviy maslahatchisi vazifasini bajaruvchi) o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday munosabatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor tomonlar uchun turli xil tartib-qoidalar bo‘yicha ish tutish va/yoki UzAssets, FNQZ va KPMG tomonidan ko‘zda tutilgan reja jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

(v) jarayon haqida qo‘shimcha maʼlumot yoki tushuntirishlar olish uchun a.mukhamatkulov@uz-assets.uzdkalazhanov@kpmg.kzSSandykbayeva@kpmg.kz va annakireeva@kpmg.ru elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.

4034 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech