Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Dekabr 2022

Ko‘kdala tumanida Davaktiv agentligi tomonidan yangi bolalar bog‘chasi qurilib foydalanishga topshirildi

Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanida Davaktiv agentligi tomonidan homiylik asosida 120 o‘rinli davlat maktabgacha taʼlim muassasasi (keyingi o‘rinlarda – bolalar bog‘chasi) binosi qurildi va jihozlandi.

Joriy yil 2 dekabr kuni Ko‘kdala tumani hokimi X.Jurayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari A.Miraliyev, tuman oqsoqollari va faollari ishtirokida tantanali ravishda ushbu 12-sonli bolalar bog‘chasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi hamda obyekt foydalanishga topshirildi.

Mazkur bolalar bog‘chasini qurish va jihozlash ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” IK buyurtmachi etib belgilanib, loyiha tashkiloti sifatida Qarshitadqiqotkonstruksiya” MChJ, pudratchi tashkilot sifatida Mamatov Salohiddin” XK belgilangan.

Bog‘cha qurilishi davlat aktivlarini boshlang‘ich bahosiga nisbatan qimmat sotilishi hisobiga olingan qo‘shimcha daromadlar hisobidan amalga oshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 6,0 mlrd.so‘m. Mazkur mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 maydagi 273-sonli farmoyishiga asosan Davaktiv agentligi tomonidan obyektni qurish va jihozlash uchun Ko‘kdala tuman hokimligining tegishli hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Shuni alohida taʼkidlash lozimkiDavaktiv agentligi tashabbusi bilan ushbu bolalar bog‘chasi binosida quvvati 10 kVt/s bo‘lgan zamonaviy quyosh elektr stansiyasi o‘rnatilgan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida obyektni muntazam ravishda elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

12-sonli bolalar bog‘chasida 28 nafar ishchi xodim doimiy ish o‘rniga ega bo‘lib, 120 nafar tarbiyalanuvchi yosh bolalarga tarbiya berishni boshlashdi.

1798 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech