Avval xabar berilganidek, ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan. Unga koʻra:
- “Toʻrtkoʻldonmahsuloti” MChJning “Beruniydon” filiali eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “Building House One” MChJga 2,2 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.
Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdoda qatnashish uchun takliflar kelib tushmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.
O'z navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari bo'yicha narx takliflarini ko'rib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan mo'ljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.
Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.
Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 16-may kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi
t/r |
Davlat aktivining nomi |
Joylashgan hududi |
Davlat ulushi |
Lot raqami (havola) |
I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari |
||||
1 |
“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
80,2 |
|
2 |
“Konirat un zavodi” AJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
95,6 |
|
3 |
“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ |
Qoraqalpogʻsiton Respublikasi, |
91,6 |
|
4 |
“Chimboydon” MCHJ |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
93,6 |
|
5 |
“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ |
Andijon viloyati, |
83,7 |
|
6 |
“Kogondonmahsulotlari” AJ |
Buxoro viloyati, |
93,0 |
|
7 |
“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ |
Jizzax viloyati, |
90,2 |
|
8 |
“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ |
Qashqadaryo viloyati, |
92,5 |
|
9 |
“Qamashi DMQQ” MCHJ |
Qashqadaryo viloyati, |
99,9 |
|
10 |
“Navoiydonmahsulotlari” AJ |
Navoiy viloyati, |
61,1 |
|
11 |
“Qiziltepa un zavodi” AJ |
Navoiy viloyati, |
93,5 |
|
II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari |
||||
1 |
“Chimboydon” MCHJning “Qoraoʻzak” filiali |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
mulkiy majmua |
|
2 |
“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Muborak don” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
3 |
“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
4 |
“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali |
Qashqadaryo viloyati, |
mulkiy majmua |
|
5 |
“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qanlikoʻl gurish” filiali binosi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, |
mulkiy majmua |