Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Aprel 2024

Don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha savdo jarayonlari yuzasidan qo‘shimcha axborot

Ommaviy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha navbatdagi savdo jarayonining birinchi va ikkinchi bosqichi yakunlanib, Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilindi. Unga koʻra:

Quyidagi 10 ta don korxonasidagi davlat aksiya paketi va mulkiy majmuasi boʻyicha savdo jarayonlarining ikkinchi bosqichga oʻtgan talabgorlar roʻyxati tasdiqlandi va ushbu talabgorlardan 2024-yil 18-aprel soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar tijorat takliflari, yaʼni sotib olish narxi, toʻlov muddati va toʻlov qobiliyati boʻyicha takliflar “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali qabul qilinadi;

“Qorakoʻldonmahsulotlari” AJning 91,9 foiz aksiya paketi eng yaxshi tijorat taklifini taqdim etgan “YAKKATUT GʻALLACHILIK VA URUGʻCHILIK KLASTERI” MChJga 26,0 mlrd. soʻm sotib olish qiymatini toʻlash, kamida besh yil davomida aktivning asosiy faoliyat turini saqlab qolish va mavjud don saqlash sigʻimlarini kamaytirmaslik hamda qonunchilikda belgilangan tartibda davlat zaxirasi uchun saqlanadigan don hajmlarini shartnomalar asosida haq toʻlash evaziga saqlab berish sharti bilan sotildi.

Bundan tashqari, quyidagi don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualarining savdo jarayonlarini davom ettirish uchun savdoda qatnashish boʻyicha takliflar kelib tushmaganligi, savdolarning birinchi bosqichida gʻoliblar aniqlanmaganligi hamda takliflar yetarli darajada shakllanmaganligi sababli, mazkur aktivlar takroriy savdolarga chiqarildi.

Mazkur davlat aktivlari boʻyicha savdo jarayonlarida ishtirok etgan talabgorlarga Ishchi organ tomonidan individual xabarnomalar yuboriladi.

Oʻz navbatida, don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari boʻyicha narx takliflarini koʻrib chiqishda, Xususiylashtirish davlat komissiyasi tomonidan moʻljal sifatida inobatga olinadigan tavsiyaviy baholash qiymatini 50 foizga qadar qadamma-qadam pasaytirish mexanizmi joriy etilgan.

Shuningdek, mazkur aktivlarning tavsiyaviy baholash qiymati 50 foizga pasaytirilgan holda inobatga olinadi.

  

Savdo jarayonining 2-bosqichiga oʻtgan don korxonalaridagi davlat ulushi (aksiya paketi)
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 18-aprel kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami (havola)

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Bogʻot don” AJ

Xorazm viloyati, Bogʻot tumani,

65,5

8702164

2

“Bagʻdod don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati, Bagʻdod tumani

54,8

8702157

3

“Oqoltin don mahsulotlari” AJ

Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

89,3

8702166

4

“Jomboy don mahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati, Jomboy tumani

57,4

8702163

5

“Qoʻqon don maxsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahri

64,3

8702159

6

“Fargʻonadonmahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri

51,0

8702158

7

“Surxondaryodonmahsulotlari” AJ

Surxondaryo viloyati, Termiz shahri

88,5

8702165

8

“Samarqanddonmahsulotlari” AJ

Samarqand viloyati, Samarqand shahri

72,3

8702161

9

“Oqtosh Don” AJ

Samarqand viloyati, Oqtosh shahri

57,4

8702162

10

“Juma elevatori” AJ

Samarqand viloyati, Juma shahri

63,8

8702160

 

Takroriy savdolarga chiqarilgan don korxonalaridagi davlat ulushi va don korxonalari filiallari mulkiy majmualari
Talabgorlardan takliflar 2024-yil 23-aprel kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi

T/r

Davlat aktivining nomi

Joylashgan hududi

Davlat ulushi (foizda)

Lot raqami (havola)

I. Don korxonalaridagi davlat ulushlari

1

“Qoraqalpoqdonmahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,Nukus shahri

80,2

8702135

2

“Don xalq rizqi” AJ

Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani

88,4

8702146

3

“Konirat un zavodi” AJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qoʻngʻirot tumani

95,6

8702153

4

“Taxiatosh don mahsulotlari” AJ

Qoraqalpogʻsiton Respublikasi,
Taxiatosh tumani

91,6

8702150

5

“Chimboydon” MCHJ

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Chimboy tumani

93,6

8702151

6

“Qoʻrgʻontepa don mahsulotlari” AJ

Andijon viloyati,
Qoʻrgʻontepa tumani

83,7

8702136

7

“Kogondonmahsulotlari” AJ

Buxoro viloyati,
Kogon shahri

93,0

8702139

8

“Doʻstlikdonmahsulotlari” AJ

Jizzax viloyati,
Doʻstlik tumani

90,2

8702138

9

“Qashqadaryodonmahsulotlari” AJ

Qashqadaryo viloyati,
Qarshi shahri

92,5

8702154

10

“Qamashi DMQQ” MCHJ

Qashqadaryo viloyati,
Qamashi tumani

99,9

8702144

11

“Navoiydonmahsulotlari” AJ

Navoiy viloyati,
Navoiy shahri

61,1

8702152

12

“Namangandonmahsulotlari” AJ

Namangan viloyati,Namangan shahri

51,0

8702156

13

“Quva don mahsulotlari” AJ

Fargʻona viloyati,
Quva tumani

51,0

8702142

14

“Xonqa don mahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Xonqa tumani

67,5

8702148

15

“Xorazmdonmahsulotlari” AJ

Xorazm viloyati,
Urganch tumani

92,2

8702141

16

“Qiziltepa un zavodi” AJ

Navoiy viloyati,
Qiziltepa tumani

93,5

8702134

17

"Sho‘rchi don mahsulotlari" AJ

Surxondaryo viloyati, Sho`rchi tumani

64,3

8802648

II. Don korxonalarining alohida mulkiy majmualari

1

“Dunyo-M” AJning “Shahrisabzdon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Shahrisabz shahri

mulkiy majmua

8702147

2

“Chimboydon” MCHJning “Qoraoʻzak” filiali

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qoraoʻzak tumani

mulkiy majmua

8702155

3

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Muborak don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Muborak tumani

mulkiy majmua

8702149

4

“Dunyo-M” AJning “Baxoristondon” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Mirishkor tumani

mulkiy majmua

8702143

5

“Don xalq-rizqi” AJning “Kitob Don” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Kitob tumani 

mulkiy majmua

8702145

6

“Koson don mahsulotlar qabul qilish” MCHJning “Gʻuzor un” filiali

Qashqadaryo viloyati,
Gʻuzor tumani

mulkiy majmua

8702137

7

“Qoʻngʻirot un zavodi” AJning “Qanlikoʻl gurish” filiali binosi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,
Qanlikoʻl tumani

mulkiy majmua

8702140

 

2042 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech