Ру Ўз O'z En

Davlat mulkini ijaraga olish:

 Davlat mulkini ijaraga olish uchun yuridik va/yoki jismoniy shaxslar avval ijaraga taklif etilayotgan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati bilan (https://e-auksion.uz/lots?1 va/yoki https://privatization.davaktiv.uz/uz/rentlists) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda “E-ijro auksion” elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazining rasmiy veb-saytlari orqali tanishib chiqishlari;

Tanishib chiqish natijasida tanlangan ob’ektni ushbu ob’ekt bo‘yicha o‘tkaziladigan onlayn elektron auksion savdolarida (https://e-auksion.uz) ishtirok etishlari;

Tanlangan ob’ekt bo‘yicha o‘tkazilgan elektron onlayn auksion tanlov savdosida g‘olib bo‘lishlari lozim.

 

Ma’lumot uchun: O‘tkazilgan auksion tanlov savdolarida g‘oliblik bayonnomasini qo‘lga kiritgan yuridik/jismoniy shaxs bilan ijara shartnomasi ikki tomonlama Ijaraga beruvchi va Ijaraga oluvchi o‘rtasida elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi.

Davlat mulkini ijaraga olish shartlari va ijaraga oluvchining huquq va majburiyatlari:

Davlat mulkini ijaraga olgan ijarachilarning huquq va majburiyatlari davlat mulkini ijaraga olish bo‘yicha ikki tomonlama elektron shaklda tuziladigan ijara shartnomasi loyihasi orqali tanishib chiqishlari mumkin (https://e-auksion.uz/lots?1)

Ijara shartnomasining  loyihasi (https://e-auksion.uz/lots?1) sahifasidagi ob’ekt to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bo‘limiga biriktirilgan.

Davlat mulkini ijaraga olish, ijaraga olingan davlat mulkidan foydalanish tomonlarning huquq va majburiyatlari, ijara to‘lovlari to‘lash muddatlari va miqdorlari, fors-major holatlarida ko‘riladigan choralar va boshqalar bilan
https://e-auksion.uz/lots?1 sahifasidagi ob’ekt to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar bo‘limiga biriktirilgan ijara shartnomasining loyihasi orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatma. Davlat mulkini ijaraga olish yuzasidan qo‘shimcha ma’umotlar
va tushuntirishlar olish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi
Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining
71) 259-22-58 raqamiga;

Davlat korxonalarini sog‘lomlashtirish va xususiylashtirish Klinikasi “Call center”ining 1082-son qisqa raqamiga orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Ijaraga berish uchun taklif etilayotgan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (https://privatization.davaktiv.uz/uz/rentlists) hamda
“E-ijro auksion” elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazining
(https://e-auksion.uz/lots?1) rasmiy veb-saytlarida joylashtirib boriladi.

Ma’lumot uchun: yuqorida keltirilgan veb-saytlarga joylashtiriladigan ijaraga taklif etilayotgan davlat mulki ob’ektlari ro‘yxati doimiy ravishda onlayn yangilab boriladi.

 

Davlat mulkini ijaraga berish bo‘yicha boshlang‘ich narx davlat mulkini elektron savdolarga qo‘yishda Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 9-bandida keltirilgan tartibda ijaraga beruvchi tomonidan belgilanadi.

Ijaraga beriladigan ob’ektlarning boshlang‘ich yillik narxlari va ijara to‘lovining eng kam stavkalari bilan tanishish

Joriy yil uchun belgilangan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining davaktiv.uz rasmiy veb-sayti orqali yoki quyidagi (https://davaktiv.uz/uz/deyatelnost-3/arenda-menu/minimalnye-stavki-arendnoj-platy-na-tekushchij-god) xavola orqali tanishishingiz mumkin.

Ijaraga berilishi taklif etilayotgan davlat mulki ob’ektlarining boshlang‘ich yillik narxlari bilan “Elektron onlayn savdolarni tashkil etish markazi” DUKning rasmiy veb satida quyidagi xavola (https://e-auksion.uz/lots?1) orqali tanishish mumkin.

Davlat mulkini ijaraga berishdagi asosiy tushunchalar 

Davlat mulki - davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulk.

 

Ijaraga beruvchi — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Bo‘sh turgan ob’ektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari;

 

balansda saqlovchi — ijaraga berilayotgan davlat mulki uning balansida hisobga olingan yuridik shaxs;

 

ijaraga oluvchi — belgilangan shartlarda va tartibda davlat mulki bo‘yicha ijara shartnomasini tuzgan yuridik yoki jismoniy shaxs;

“E-ijro auksion” elektron savdo maydonchasi - davlat mulki ob’ektlarini ijaraga berish bo‘yicha auksionlar va tanlovlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni kiritish, saqlash va unga ishlov berish imkoniyatini hamda manfaatdor shaxslarning elektron onlayn-auksionlar (tanlovlar) jarayonlariga bevosita kirish imkoniyatini ta’minlaydigan elektron tizim.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech