Ру Ўз O'z En

Hududiy boshqarmalar

Namangan viloyati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-sonli Farmoni hamda 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat Aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari tashkil etilgan bo‘lib, Agentlik va hududiy boshqarmalarning nizomi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 404-son qarori ilovasiga asosan tasdiqlangan.

Namangan viloyati Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasining asosiy vazifalari:

  • Davlat aktivlarini samarali boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish;
  • O‘ziga berilgan davlat ishtirokidagi korxonalar ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketlari (ulushlari) bo‘yicha aksiyador (ta’sischi va ishtirokchi) huquqlarini amalga oshirish;
  • Ilg‘or xorijiy tajriba asosida davlat ishtirokidagi korxonalarda zamonaviy korporativ boshqaruv shakl va usullarini joriy qilish;
  • Ularni boshqarishda kuzatuv kengashi va aksiyadorlarning rolini tubdan oshirishdan iborat.

Ish kunlari va manzillar:

Ish kunlari: Dushanba - Juma

Ish vaqti: 09:00-18:00

Tushlik: 13:00-14:00

Manzil: 160100, Namangan shahar, Navoiy ko‘chasi, 72 uy

E-mail:namangan@davaktiv.uz

Ye-xat manzili:namdavaktiv@exat.uz

Murojaat uchun telefon raqamlari:

Davlat aktivlarini sotishga tayyorlash va sotish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘limi (69) 233-54-34

Shartnomalarni rasmiylashtirish va monitoringi bo‘limi (69) 233-43-75

Davlat ishtirokidagi korxonalar tahlili va korporativ munosabatlar bo‘limi (69) 233-29-56

Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘limi (69) 233-12-85

Davlat aktivlarining reyestrini yuritish bo‘limi (69) 233-41-69

To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish  bo‘limi (69) 233-08-37

Xususiylashtirish va boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni taqsimlash shoʻbasi (69) 233-08-41

Ishonch telefoni (69) 233-54-54 

Faoliyat yo‘nalishining natijalari infografik ko‘rinishida

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech