Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Sentyabr 2023

Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi

Joriy yilning 13-sentabr sanasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tti.

Uchrashuv avvalida Davaktiv agentligi direktori Akmalxon Ortikov Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan samarali hamkorlik izchil rivojlanayotgani va strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini, qolaversa, 2022-yil 2-fevral sanasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlariga ko‘maklashish hamda chet el investitsiyalarini jalb etish yuzasidan Xalqaro moliya korporatsiyasi va Davaktiv agentligi o‘rtasida imzolangan kelishuv, hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqqani e'tirof etildi.

O‘z navbatida, Xalqaro moliya korporatsiyasining Turkiya va O‘rta Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlyomer tomonidan so‘ngi yillarda Davaktiv agentligi va Xalqaro moliya korporatsiyasi hamkorligi chindan sezilarli darajada rivojlanganligi hamda loyihalar ko‘lami kundan kun ortib borayotganligi mamnuniyat bilan ta'kidlandi.

Shu o‘rinda, tomonlar tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq Xalqaro moliya korporatsiyasi maslahatchi sifatida ishtirok etayotgan loyihalarning joriy holatlari, kelgusi rejalari hamda ularni jadallashtirish mexanizmlari va qo‘shma harakatlarini atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida, tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bunda, Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan xorijiy investorlarni O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan xususiylashtirish dasturiga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlik ishlarini jadallashtirishga kelishib olindi.

1396 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech