Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Mart 2020

"Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki" xayriya hashariga Davaktiv agentligi o‘zining xayrli hissasini qo‘shdi

Hukumat farmoyishiga asosan butun O‘zbekiston bo‘ylab 18-mart kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkazildi. Hashar Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida va «Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki» shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Barchaning qatorida Davaktiv agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalari ham xayriya hashariga o‘z hissasini qo‘shdi. Xodimlar Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanidagi 30 ga hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini ko‘tarinki ruhda olib bordi. 

Tegishli hududda gul ko‘chatlari, mevali va manzarali daraxtlarni ekish, daraxtlarni oqlash va butashobodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Gul ko‘chatlari va daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, ko‘kalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi. 

705 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech