Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Sentyabr 2022

“Uzbekistan Airways” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

“Uzbekistan Airways” АJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasi jalb qilish yuzasidan tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Uzbekistan airways” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun qiziqish bildirayotgan professional konsalting kompaniyalarning murojaatlariga muvofiq ularga malakaviy tayyorgarlik ko'rishga qo'shimch imkoniyat yaratish, mazkur jarayonlarni yanada shaffof va raqobat muhitida o‘tkazish, shuningdek qo‘shimcha salohiyatli talabgorlarni jalb qilish maqsadida, “Uzbekistan airways” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyalaridan arizalar qabul qilish muddati 2022 yil 26 sentyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini ma'lum qiladi.

Avvalgi chop etilgan “Uzbekistan airways” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish yuzasidan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnoma (RfP)ning qolgan barcha ma'lumotlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Qo‘shimcha ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

2336 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech