Ру Ўз O'z En

Вопросы и ответы

 

Baholash faoliyati faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi

Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda jismoniy shaxsga - rieltorga litsenziya faqat ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatish huquqiga beriladi.

 

 

Baholash, birja va rieltorlik faoliyatlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasining Baholash, birja va rieltorlik faoliyatlari to‘g‘risidagi Qonunlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek,

Baholash faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2008 yildagi PQ-843 sonli “Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”qarori asosida amalga oshiriladi.

Litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8.05.2003 yildagi 210-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom asosida amalga oshiriladi.

Baholash malaka sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 04.08.2008 yilda 1840-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom asosida amalga oshiriladi.

Birja faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4.02.2003 yildagi 66-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2011 yildagi 129-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 10.06.2011 yilda 2236-son bilan ro‘yxatga olingan Nizom asosida amalga oshiriladi.

 

 

Baholash faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 8.05.2003 yildagi 210-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

            Birja faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 4.02.2003 yildagi 66-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Birja faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

 

 

 

Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

  •  malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxsning arizasi;
  •  rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish davomida olingan ma’lumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
  • rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan ko‘p qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
  • malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
  • muayyan mansabni egallash yoki xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
  • fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.

            Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

            Ushbu modda birinchi qismining uchinchi - beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.

            Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

 

 

 

Rieltorlik tashkiloti litsenziyaga ega bo‘lgan tijorat tashkilotidir.

            Rieltorlik tashkiloti qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

            Rieltorlik tashkiloti shtatida rieltorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan kamida ikki nafar xodim, shu jumladan, rieltorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi kerak.

            Rieltorlik tashkilotiga uning rahbari arizasiga ko‘ra bir yoki bir necha turdagi rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish uchun litsenziya berilishi mumkin.

            Rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish huquqiga ega emas.

            Rieltorlik tashkiloti davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas.

            Rieltorlik tashkiloti o‘z faoliyatini o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish polisi mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiradi.

 

 

 

Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.05.2011 yildagi 129-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom talablariga asosan amalga oshiriladi.

            Litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror litsenziyatalabgorining barcha zarur hujjatlar ilova qilingan arizasi olingan kundan boshlab o‘ttiz kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilinadi.

            Litsenziya talabgorining barcha hujjatlar ilova qilingan arizasi ikki kun muddatda ekspert komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.

            Ekspert komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni yigirma kundan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida ekspert xulosasi tayyorlaydi.

            Litsenziyalovchi organ uch kun mobaynida ekspert komissiyasi xulosasi asosida litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

            Litsenziyalovchi organ tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun mobaynida litsenziya talabgorini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qiladi.

            Litsenziya berishga qaror qilinganligi to‘g‘risidagi bildirishnoma litsenziya talabgoriga bank hisob raqami rekvizitlari va davlat boji to‘lash muddati ko‘rsatilgan holda yozma shaklda yuboriladi

 

 

 

Rieltorlik faoliyati quyidagi turlardagi rieltorlik xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshiriladi:

  •  ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlarni tuzish chog‘idagi vositachilik;
  •  ko‘chmas mulk ob’ektlarining va ularga bo‘lgan huquqlarning savdosini tashkil etish;
  •  ko‘chmas mulk ob’ektlarini ishonchli boshqarish;
  •  ko‘chmas mulk bozorida axborot va maslahat xizmatlari.

 

 

 

  • Rieltorlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir.
  • Rieltorlik faoliyati rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya asosida amalga oshiriladi. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

 

Davlat, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari chet el investorlari bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda o‘z zimmasiga olgan, vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan shaxslar imzolagan majburiyatlar bo‘yichagina javob beradilar.

Davlat chet el investitsiyalarini jalb etayotgan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi, bunday majburiyatlar qonunda belgilangan tartibda davlat tomonidan kafolatlangan hollar bundan mustasno.

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar, banklar tomonidan chet ellik investorlarning va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bog‘liq qo‘shimcha talablar va cheklovlar belgilash taqiqlanadi.

 

 

Davlat investitsiyalarning himoya qilinishini kafolatlaydi.

O‘zbekiston Respublikasida investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari natsionalizatsiya qilinmaydi.

Investitsiyalar va investorlarning boshqa aktivlari rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda xususiyatga ega bo‘lgan boshqa holatlar bundan mustasno.

Investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror:

  • ushbu moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan hollardan kelib chiquvchi vazifalarni hal etish uchun zarur bo‘lgan investitsiyalarning yoki investorlar boshqa aktivlarining eng kam miqdori bilan cheklanadigan;
  • kamsitilmaydigan asosda va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladigan;
  • yetkazilgan zararga mutanosib ravishda kompensatsiya to‘lanadigan rekvizitsiya bo‘yicha talablarga rioya etilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Davlat mazkur kompensatsiya to‘lovlari o‘z vaqtida amalga oshirilishiga kafil bo‘ladi.

Investor investitsiyalarni rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.

Investitsiyalarni va investorlarning tavakkalchiliklarini sug‘urtalash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

 

 

 

Davlat investitsiya faoliyatini quyidagi yo‘llar bilan rag‘batlantiradi:

  • investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish;
  • investorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
  • soliq va bojxona imtiyozlari, shuningdek faoliyat turiga va investitsiya hajmlariga qarab har bir alohida holat uchun belgilanadigan muddatlarga preferensiyalar berish;
  • erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish;
  • xalqaro shartnomalar tuzish

 

 

 

Markazlashtirilgan investitsiyalar:

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘lari hisobidan;

O‘zbekiston Respublikasining kafolati ostida chet el investitsiyalari va kreditlarni, zayomlarni jalb etish hisobidan amalga oshiriladi.

Markazlashtirilgan investitsiyalarni boshqarish davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladi.

Markazlashtirilgan investitsiyalar asosan mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida davlat maqsadli dasturlarini ro‘yobga chiqarishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida ajratiladi.

Xalqaro moliya tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi bilan tuzilgan shartnomalar asosida qabul qilinadi.

Markazlashtirilmagan investitsiyalar quyidagilardir:

investorning o‘z mablag‘lari;

banklarning kreditlari, shu jumladan chet el banklaridan O‘zbekiston Respublikasining kafolatisiz olingan kreditlar;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari.

Markazlashtirilmagan investitsiyalar qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobidan ham amalga oshirilishi mumkin.

Markazlashtirilmagan investitsiyalarni boshqarish investor tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

 

 

Investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish:

  • investitsiya faoliyatining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish;
  • asosiy fondlarning jadal amortizatsiya qilinishi huquqini berish;
  • texnik jihatdan tartibga solish normalari, qoidalari va talablarini belgilash;
  • raqobatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni qo‘llash;
  • kredit siyosatini va narx belgilash siyosatini o‘tkazish;
  • yerga va boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish hamda ulardan foydalanish shartlarini belgilash;
  • investitsiya loyihalarini ekspertiza qilish mexanizmlarini belgilash.

 

 

 

Investitsiyalar mo‘ljallangan ob’ektiga ko‘ra kapital, innovatsiya va ijtimoiy investitsiyalarga bo‘linadi.

Kapital investitsiyalarga asosiy fondlarni vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shu jumladan yangi qurilishga, modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik jihatdan qayta jihozlashga, shuningdek moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Innovatsiya investitsiyalariga yangi yoki takomillashtirilgan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni), ishlab chiqarish jarayonini, tadbirkorlik faoliyatini yuritishda yangi marketing uslubini yoki tashkiliy uslubni ishlab chiqish va o‘zlashtirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

Ijtimoiy investitsiyalarga inson salohiyatini, ko‘nikmalarini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek nomoddiy ne’matlarning boshqa shakllarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalar kiradi.

 

 

Investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning bajarilishi investitsiyalarning investitsiyalash ob’ektiga investitsiyalar tushishi sanasi bo‘yicha (balans hisobga olingan holda va o‘rnatilgan sanasi, agar bu shartnoma shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa: investitsiyalash ob’ektida - yuridik shaxs yangi tashkil etilganda yoki amaldagi yuridik shaxs tiklanganda; investitsiyalash majburiyatlarini bajarish uchun boshqa yuridik shaxs tashkil etmasdan mulk tarzida davlat aktivi sotib olinganda - investorning ob’ektida) hisobga olinadi.

 

 

  • ishchi organ ustav fondida davlat mulki ob’ekti bo‘lgan yoki unga biriktirib qo‘yilgan davlat mulki ob’ekti bo‘lgan xo‘jalik boshqaruvi organiga (mavjud bo‘lganda) va xo‘jalik jamiyatiga (emitentga, balansda saqlovchisiga) xo‘jalik jamiyatining tasdiqlangan biznes-rejasidan kelib chiqqan holda tegishli hisob-kitoblar va ulardan foydalanish prognozi bilan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori va turlari yuzasidan takliflar taqdim etish to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi;
  • olingan takliflar asosida ishchi organ tanlov hujjatlari paketi to‘plamiga kiritish uchun davlat mulki ob’ektini sotishning tanlov shartlarini tayyorlaydi;
  • ishchi organ tanlov hujjatlarini va tanlovning taklif etilayotgan shartlarini xulosa tayyorlash uchun IIGga yuboradi;
  • tanlovning uzil-kesil shartlari, shu jumladan, investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdori, turlari va ularni kiritish muddatlari Davlat tender komissiyasi tomonidan belgilanadi.

 

 

Investitsiya majburiyatlarini bajarish muddati besh yildan ortiq bo‘lmasligi kerak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoki Davlat tender komissiyasining alohida qarorlari bo‘yicha davlat mulki ob’ektlarini sotish hollari bundan mustasno.

 

 

  • o‘tkazilgan pul mablag‘lari va xaridorning faoliyatidan olingan foydani, shu jumladan, uning ulushiga hisoblangan dividendlarni qayta investitsiyalash;
  • ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash uchun xom ashyo va materiallar, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar yetkazib berish;
  • ta’mirlash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish;
  • ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish;
  • investitsiyalash ob’ektining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti oldidagi qarzlarini, kreditlar va boshqa majburiyatlarini to‘liq yoki qisman to‘lash;
  • mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning muayyan turini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish;
  • nou-xauni, intellektual mulkning boshqa turlarini joriy etish;
  • kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashga xarajat qilish;
  • faoliyat sohasini saqlab qolish;
  • qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllar.

 

 

Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan tadbirkorlik faoliyati va boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar.

 

Xususiylashtirilayotgan davlat mulki ob’ektlariga egalik qilish huquqini beruvchi hujjat bu “Mulkiy huquqni tasdiqlovchi davlat orderi” hisoblanadi va va u Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan beriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasining “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 20-moddasiga asosan jamiyat ishtirokchilari jamiyat ishtirokchisining ulushini (ulushining bir qismini) uchinchi shaxsga taklif qilinadigan baho bo‘yicha o‘z ulushlari miqdorlariga mutanosib ravishda sotib olishda imtiyozli huquqdan, agar jamiyatning ustavida yoki jamiyat ishtirokchilarining kelishuvida mazkur huquqni amalga oshirishning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, foydalanadilar. Agar jamiyatning boshqa ishtirokchilari ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda o‘zlarining imtiyozli huquqlaridan foydalanmagan bo‘lsalar, jamiyat o‘zining ishtirokchisi tomonidan sotilayotgan ulushni (ulushning bir qismini) sotib olishda imtiyozli huquqqa ega bo‘ladi.

 

Xaridor tomonidan davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarilishini nazorat qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-sonli qaroriga asosan tartibga solingan.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 21 iyuldagi “Ba’zi Respublika komissiyalari va kengashlari tarkiblari hamda ularning faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi PQ-423-sonli qaroriga asosan Komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek jalb qilingan xorijiy ekspert kompaniyalar va maslahatchi-konsultantlarning sotishdan oldingi tayyorgarlik hamda yakka tartibdagi loyihalar bo‘yicha xususiylashtiriladigan ob’ektlarni sotish masalalari bo‘yicha birgalikdagi faoliyatini tashkil etish;

oshkoralik, baholashning xolisligi va talablarning yagonaligi asosida tender qatnashchilari uchun teng raqobat shart-sharoitlari yaratish;

tender savdolari asosida sotiladigan korxonalarning davlat aktivlarini xarid qilishga talabgorlarning eng manfaatli takliflari tanlovini o‘tkazish;

davlat korxonalarini xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan Prezident va Hukumat hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini tashkil etish, respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni, ayniqsa to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb qilish, xususiy sektorning iqtisodiyotdagi rolini yanada rivojlantirish va oshirish;

sansalorlik, byurokratizmning paydo bo‘lishi va ob’ektlarni xususiylashtirish, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokida xususiylashtirish hamda aksiyalar paketlarini va korxonalarni to‘liq tanlov (tender) savdolari g‘oliblariga sotishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni hal etish muddatlari cho‘zib yuborilishi hollarini bartaraf etish;

iqtisodiyot tarmoqlarida Davlat komissiyasi qarorlari qabul qilingan xususiylashtirilgan korxonalar va ob’ektlarning faoliyati ustidan monitoring tashkil etish.

 

 

 

Davlat korxonalarini xususiylashtirish natijasida xo‘jalik jamiyati, o‘rtoqlik jamiyati, kooperativlar, xususiy korxonalar va boshqalar tashkil etilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida tashkil etiladigan xo‘jalik jamiyatlarining eng ko‘p tarqalgan turi aksiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat.

Xo‘jalik jamiyatlarining o‘rtoqlik jamiyatlaridan asosiy farqi shundaki, o‘rtoqlik jamiyati bu shaxslarning birikishi bo‘lsa, jamiyat bu kapitallarning jamlanishidir.

 

 

Davlat ko‘chmas mulk ob’ektining savdolarga qo‘yishdagi boshlang‘ich narxi sotuvchi (Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yoki uning hududiy organi) tomonidan baholovchi tashkilotning davlat ko‘chmas mulk ob’ektining qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobotida hamda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan o‘tkazish natijalari to‘g‘risidagi ekspert xulosasida aniqlangan miqdorda belgilanadi.

 

 

Davlat aktivlarining qiymatini baholash xatlov natijalari bo‘yicha korxonaning mavjud mol-mulki va uning amaldagi holatidan kelib chiqib, Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq belgilanadi.

Baholash, qoidaga ko‘ra, uch usul bilan, ya’ni:

- xarajat;

- daromad;

- qiyosiy sotuvlar bilan amalga oshiriladi.

Baholashning uch usulidan birini qo‘llash mumkin bo‘lmagan taqdirda baholovchi u yoki bu usulni qo‘llash rad etilishinizarur ravishda asoslashi kerak.

 

 

 

Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6 oktabrdagi “Davlat mulki ob’ektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 279-sonli qarori bilan tartibga solinadi.

Davlat mulklarini sotish sotuvchi tomonidan davlat organlarining yoki xo‘jalik boshqaruvi organlarining, balansda saqlovchining takliflariga, nodavlat yuridik shaxslarning, shuningdek jismoniy shaxslarning buyurtmanomalariga muvofiq shakllantirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlariga asosan amalga oshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 279-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomlar orqali davlat aktivlarining har bir turi bo‘yicha xususiylashtirish sxemalari ko‘rsatilgan. Sxema o‘z ichiga quyidagi bosqichlarni oladi:

- davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish;

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan xususiylashtirish dasturlarini tasdiqlanishi;

- Xususiylashtirish va xatlovdan o‘tkazish komissiyalarini tuzish va ularning faoliyat yuritishi;

- Davlat tasarrufidan chiqarish (xususiylashtirish) bo‘yicha qaror qabul qilinishi;

- baholash va baholash hisobotining haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish;

- davlat aktivining boshlang‘ich narxini va savdo turini aniqlash;

- OAVda e’lonlarni berish (joylashtirish);

- savdolarni o‘tkazish;

- davlat aktivlarini savdolarda sotish;

- oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish;

- investitsiya va boshqa majburiyatlar bajarilishini nazorat qilish (mavjud bo‘lganda);

- mulk huquqiga davlat orderini yoki sertifikatni (aksiyalar bo‘yicha tegishli DEPO hisobvarag‘iga o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi hujjat) berish.

 

 

 O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

-davlat korxonasini xo‘jalik shirkati yoki jamiyatiga aylantirish;

-davlat mol-mulkini tanlov yo‘li bilan va kimoshdi savdosida davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarga va jismoniy shaxslarga sotish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa shakllarda amalga oshirilishi mumkin.

Davlat mulklarini xususiylashtirish (sotish) usullari:

- birja savdolari;

- ochiq va yopiq auksionlar hamda tanlovlar o‘tkazish.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob’ektlar ro‘yxati “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi 3-bandida belgilab berilgan:

1) asosiy fondlarining balans qiymati (2005 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra) bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan korxonalar;

2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;

3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg‘i-energetika, konchilik, mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va ko‘mir qazib chiqarish, quduqlar burg‘ulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilg‘i quyish va gaz to‘ldirish stansiyalari;

4) kimyo korxonalari (gerbitsidlar, mineral o‘g‘itlar, sintetik tolalar, qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);

5) farmasevtika sanoati hamda tibbiy-biologik dori-darmonlar sanoati korxonalari;

6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio uzatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;

7) raketa-kosmik majmualar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va ob’ektlar;

8) matbaa korxonalari va nashriyotlar;

9) axborot va telegraf agentliklari;

10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, ta’mirlash, realizatsiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;

12) tavakkalchilik xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish ob’ektlari qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilish va falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

13) yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlovchi, yong‘indan ogohlantiruvchi va qo‘riqlash-yong‘indan ogohlantirishga mo‘ljallangan signal berish vositalarini loyihalash, ta’mirlash, montaj qilish, sozlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

14) suv xo‘jaligi hamda melioratsiya tizimlarini loyihalash, qurish, ta’mirlash hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar, avariya-qutqaruv kemalari, gidrotexnika inshootlarini texnik nazorat qilish kemalari;

15) muhandislik infratuzilmasi ob’ektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik va gaz ta’minoti, vodoprovod-kanalizatsiya xo‘jaligi, tashqi yoritish, tashqi obodonlashtirish ob’ektlari, shuningdek bunday ob’ektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi korxonalar;

16) temiryo‘l, havo va daryo transportida yo‘lovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

17) shaharda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar. Harbiy turdagi avtomobil kolonnalari;

18) vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning oliy, o‘rta maxsus va kasb-hunar o‘quv yurtlari, shuningdek umumta’lim muassasalari;

19) O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;

20) davlat naslchilik xo‘jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urug‘chilik xo‘jaliklari, urug‘chilik va seleksiya stansiyalari, davlat urug‘chilik inspeksiyalari va qishloq xo‘jaligi ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;

21) pochta aloqasi korxonalari;

22) o‘rmon xo‘jaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;

23) sanoatning qattiq chiqindilari va ro‘zg‘or chiqindilari ko‘miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko‘mish uchun kerakli uskunalar, chorva mollari ko‘miladigan joylar;

24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar, muzlatgich xonalar, ombor xo‘jaligi ob’ektlari;

25) O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat sanatoriy-kurort xo‘jaliklari;

26) konsert-tomosha ko‘rsatish muassasalarining korxonalari va ob’ektlari, kinolashtirish ob’ektlari, shuningdek kutubxonalar va o‘quv zallari;

27) sog‘liqni saqlash muassasalari;

28) veterinariya xizmati, o‘simliklarni himoya qilish xizmati korxonalari va muassasalari;

29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda bo‘ladigan uylar va internatlar;

30) bolalar, o‘smirlar va yoshlarning sog‘lomlashtirish muassasalari;

31) marosimlar o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar. 

 

 

 

“Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunning 4-moddasi 2-bandiga asosan, quyidagi davlat mulki ob’ektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:

1) O‘zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, o‘simlik va hayvonot dunyosi;

2) madaniy meros ob’ektlari, davlat fondlarini kiritgan holda, shu jumladan kitoblarning, kino, foto- va fonohujjatlar, arxivlar va ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlari, muzeylar va muzey boyliklari, shuningdek muhofaza etiladigan tabiiy hududlar;

3) O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamg‘armalarining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablag‘lari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;

4) pul muomalasi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qog‘ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to‘lovi belgilarini ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar;

5) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Milliy xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo‘lmagan mol-mulk);

6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va ob’ektlar;

7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko‘mish, uran va boshqa bo‘linuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va ob’ektlar;

8) qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;

9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o‘qotar qurollar va o‘q-dorilar, shuningdek tig‘ qurol (sovg‘a tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;

10) kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar bo‘lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;

11) O‘zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi ob’ektlar hamda mol-mulk;

12) atom energetikasi ob’ektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini o‘rnatish) va strategik ahamiyatdagi ob’ektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;

13) portlash xavfi bo‘lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;

14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari;

15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof-muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;

16) davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;

17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);

18) qabristonlar.

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining respublika mulki ob’ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi.

Munitsipal mulk ob’ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi.

 

 

 

Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish huquqiga fuqarolar, davlatga taalluqli bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari, mehnat jamoalari ommaviy mulk ob’ektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar.

Buyurtma ommaviy mulk ob’ektlarini tasarruf etuvchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.

Davlat aktivlarini sotish yuzasidan davlat organi yoki xo‘jalik boshqaruvi organi, balansda saqlovchi, nodavlat yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan davlat aktivlarini sotish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi yoki hududiy organga tegishlicha takliflar yoki buyurtmanomalar berish yo‘li bilan tashabbus ko‘rsatilishi mumkin.

 

 

 

O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek modeli jihatlarini inobatga olgan holda, davlat mulklarini xususiylashtirish jarayonlarida ham o‘z tamoyillari va yondashuvlari ishlab chiqilgan va izchil amalga oshirilmoqda. Ular quyidagilardan iborat: 

Birinchidan, xususiylashtirishning vaucher (chekli) bepul amalga oshirilishidan, xorijiy ekspertlar respublika rahbariyatini ushbu g‘oyaga undashga qat’iy uringan bo‘lsada, voz kechish. Dastlab davlat mulklarini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li bilan boshqa mulkchilik shakliga aylantirishga e’tibor qaratildi. Bunda, faqatgina ijtimoiy infratuzilma va atrof muhitni himoya qilish ob’ektlari istisno etildi.

Xususiylashtirishning to‘lov asosida amalga oshirilishining qabul qilinishi bir necha jihatlarga bog‘liq edi:

  • psixologik yondashuv, negaki bupul olinganlarni lozim darajada asramaydilar va qadriga yetmaydilar;
  • ko‘plab avlodlar mehnati evaziga bunyod etilgan davlat mulklarini barcha aholi o‘rtasida teng taqsimlashda vujudga keladigan ijtimoiy nohaqliklarga yo‘l qo‘ymaslik zaruriyati;
  • sarmoyalarni vaucher (chek)larga yo‘naltirishning foydasi haqida aholining asosiy qismida aniq tushunchalar mavjud emasligi.

Ikkinchidan, xususiylashtirishni ishlab chiqarish va boshqaruv tuzilmasida vujudga kelgan maydalashtirish va monopoliyadan chiqarish muammolarini hal etish bilan kompleks tarzda amalga oshirish;

Uchinchidan, xususiylashtirishning bosqichma-bosqich va dasturiy yondashuv asosida amalga oshirilishini ta’minlash. Bu izchil ishlab chiqilgan, iqtisodiy islohotlarning har bir bosqichi vazifalaridan kelib chiqib, respublika, tarmoq va hududiy xususiylashtirish dasturlari asosida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari rivojlanishini oshkora va tizimli amalga oshirilishiga imkoniyat yaratdi. 

Birinchi bosqich (1992-1993 yillar)da “mayda xususiylashtirish” nomini olgan davrda davlat uy-joy fondi, savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish kichik korxonalari, mahalliy sanoat va iqtisodiyotning ba’zi boshqa tarmoqlari xususiylashtirildi.

1994 yildan boshlab bozor infratuzilmasini, shu jumladan investitsiyalarni jalb etish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bilan xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish davom ettirildi.

Keyingi bosqichning alohida jihatlari sanoatning barcha tarmoqlarida xalq xo‘jaligi ob’ektlari va korxonalarini, bazaviy va strategik korxonalardan tashqari yalpi xususiylashtirish bilan gavdalanadi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozori ham jadal rivojlandi. 

 

 

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq xususiylashtirishdan asosiy maqsad samarali, ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulkini o‘zgartirishdir.

 

Iqtisodiyotni tuzilmaviy tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va yanada diversifikatsiya qilish, mamlakatni iqtisodiy rivojlantirishda xususiy mulkning roli va ulushini oshirish, o‘xshash xalqaro amaliyot bo‘yicha korporativ boshqaruvni rivojlantirish, shuningdek ishlab chiqarishni texnik va texnologik modernizatsiya qilish, ushbu asosda yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarilishini kengaytirish, aholi bandligi va daromadlari o‘sishini ta’minlash uchun investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish.

 

 

Davlat tasarrufidan chiqarish - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.

Xususiylashtirish - jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.

Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadi samarali, ijtimoiy yo‘nalishga ega bo‘lgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishdir.

Xususiylashtirishdan asosiy maqsad, xo‘jalik yuritishning bozor munosabatlari bazaviy sharoitlarini yaratish, ya’ni ushbularsiz iqtisodiyotning nodavlat sektori faoliyat yuritishi imkonsiz bo‘lgan xususiy mulkchilik institutini shakllantirish, iqtisodiy va huquqiy baza va institutsional tuzilmani tashkil etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida” kitobida xususiylashtirish natijasida eng kamida ikkita asosiy vazifalar hal etilishi zarurligini ko‘rsatgan edilar: birinchidan - davlat tasarrufidagi mulklar o‘zining haqiqiy egasini topishi lozim. Bunda Prezident tushuncha berganlarki, gap mulkchilikning mexanik - davlatdan jamoa, aksiyadorlik yoki xususiy mulkchilikka o‘zgarishi to‘g‘risida ketmayapdi. Gap shu haqdaki, mulklarni haqiqiy, ushbu boyliklarni o‘z mulki kabi tasarruf eta oladigan mulkdorlarga berish to‘g‘risida ketmoqda. Xususiylashtirish jarayonlaridagi ikkinchi muhim vazifa – bu ko‘p tarmoqli va raqobat muhitini rag‘batlantiruvchi iqtisodiyotni vujudga keltirish.  

 

 

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini to‘lovga qobiliyatsiz, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida yuritadi hamda ularning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilishini tashkil etadi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bor korxonalarning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etadi;

sud boshqaruvchilarining attestatsiyasini o‘tkazadi hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish, ularning sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruvi rejalarini kelishib oladi;

ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiya qilish va ularning to‘lovga qobiliyatsizligi tartib-taomillari jarayoni ustidan nazoratni amalga oshiradi;

to‘lovga qobiliyatsizlik jarayoni ustidan monitoring olib boradi;

sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan qonunchilikka muvofiq nazoratni amalga oshiradi, sud boshqaruvchisining faoliyatida qonunchilik muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlangan taqdirda uni vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga ariza bilan murojaat etadi;

to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishning soddalashtirilgan tartibi jarayonida, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni tugatishga doir ish yuritish amalga oshirilayotganda sud boshqaruvchiligiga nomzodlarni taqdim etish huquqiga ega;

moliyaviy holati bo‘yicha monitoring yuritilayotgan korxonalarning moliya-xo‘jalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim etilmaganligi yoki o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi uchun ushbu korxonalarning rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxslariga jarimalar soladi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.

Ushbu Qonunning maqsadi yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Ushbu Qonunning amal qilishi davlat muassasalariga va boshqa notijorat tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklidagi faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxslar mustasno.

“To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Bankrotlik taomillarini yana-da soddalashtirish va sud boshqaruvchilari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4146-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 30 noyabrdagi “Malaka sertifikatlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tizimlashtirish to‘g‘risida”gi VMQ-635-sonli qarori.

to‘lovga qobiliyatsizlik — sud tomonidan eʼtirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.

kuzatuv tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini taʼminlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o‘tkazish, kreditorlar talablari reyestrini tuzish va birinchi kreditorlar yig‘ilishini o‘tkazish uchun qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran keyingi to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomiliga qadar sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil.

sud sanatsiyasi tartib-taomili — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tiklash va uning kreditorlar oldidagi qarzini to‘lash uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o‘tkazmagan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan tartib-taomil.

tashqi boshqaruv — qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirish uchun qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o‘tkazgan holda sud tomonidan qo‘llaniladigan to‘lov qobiliyatini tiklash tartib-taomili.

tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qanoatlantirish, qarzdorning majburiyatlardan ozod etilganligini hamda tugatilganligini eʼlon qilish maqsadida sud tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan tartib-taomil, bundan jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishlar mustasno.

vaqtincha to‘lovga qobiliyatsizlik — agar tegishli majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran uch oy ichida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, shaharni tashkil etuvchi korxona hamda unga tenglashtirilgan korxonalar tomonidan esa olti oy ichida bajarilmasa, sudga murojaat etish sanasida qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi;

doimiy to‘lovga qobiliyatsizlik — agar sudga ariza berish sanasidagi va ariza berilgan yilning boshidagi hisobot davrida, agarda ariza yilning birinchi choragida berilgan bo‘lsa, o‘tgan yilning boshidagi hisobot davrida qarzdorning majburiyatlari uning aktivlari qiymatidan oshib ketgan bo‘lsa.

Qarzdor pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi va kreditor ega.

Qarzdor va kreditor to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizada qarzdorning to‘lov qobiliyatini tiklashga yoxud tugatishga doir ish yuritish tartib-taomillarini qo‘llash zarurligini ko‘rsatishi mumkin.

Qarzdor soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan unga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga qarzdorning o‘zi, davlat soliq xizmati organlari, shuningdek ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan yuridik shaxslarga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari ega bo‘ladi.

Qarzdor yuridik shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:

kuzatuv;

sud sanatsiyasi;

tashqi boshqaruv;

tugatishga doir ish yuritish.

Qarzdor jismoniy shaxsning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda quyidagi tartib-taomillar qo‘llaniladi:

qarzni tarkibiy jihatdan o‘zgartirish;

bankrotlikni tan olish va mol-mulkni sotish.

Qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorning to‘lovga qobiliyatsizligi to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishda tugatishga doir ish yuritish tartib-taomili qo‘llaniladi.

Suddan tashqari bajariladigan tartib-taomillar sudgacha sanatsiya qilishni yoki qarzdorni ixtiyoriy ravishda tugatishni (faoliyatini tugatishni) o‘z ichiga olishi mumkin.

To‘lovga qobiliyatsizlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari (ishtirokchilari), boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulki egasining qarzdorni to‘lovga qobiliyatsiz deb topish to‘g‘risidagi arizasi sudga taqdim etilguniga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘riladi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan bitimga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin.

qonunchilikka muvofiq qarzdorga nisbatan bosh yoki tobe bo‘lgan yuridik shaxs;

qarzdorning rahbari, shuningdek kuzatuv kengashi, kollegial ijroiya organi tarkibiga kiruvchi shaxslar, bosh buxgalter (buxgalter), shu jumladan ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilmasidan oldingi bir yil davomida bekor qilingan hollarda ham;

yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) yoki qarzdorning mol-mulki egasi.

Oliy maʼlumotga hamda kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shuningdek vakolatli davlat organida attestatsiyadan o‘tgan shaxslar sud boshqaruvchilari etib tayinlanishi mumkin.

Qarzdor va kreditorlar sud tomonidan to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqishning har qanday bosqichida kelishuv bitimini tuzishga haqli.

Sud qarzdorni bankrot deb topish va tugatishga doir ish yuritishni boshlash haqidagi qarorida qarzdor yuridik shaxs faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kreditorlar yig‘ilishining, tugatish boshqaruvchisining va (yoki) tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining iltimosnomasiga ko‘ra tugatishga doir ish yuritish qarzdorning faoliyatini to‘xtatmasdan amalga oshirilishini ko‘rsatishi mumkin. Bunda qarzdorning to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ish qo‘zg‘atilguniga qadar tuzilgan va faoliyatini davom ettirish uchun zarur bo‘lgan shartnomalarini bajarishni to‘xtatishga yoki ularni bajarishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kreditorlarning talablari reyestrini tuzishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

To‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari qo‘llanilgan qarzdorlarning mol-mulki sud boshqaruvchilari tomonidan elektron onlayn-auksion shaklidagi kimoshdi savdosi orqali sotiladi.

Sud boshqaruvchisi:

kreditorlar yig‘ilishini chaqirishga;

ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda kreditorlar qo‘mitasi chaqirilishini talab qilishga;

oldindan davlat boji to‘lamay turib, daʼvo arizalari va boshqa arizalar bilan sudga murojaat etishga;

ushbu Qonunning 26-moddasiga muvofiq haq olishga;

boshqa shaxslarni ular faoliyatiga qarzdorning mablag‘lari hisobidan haq to‘lagan holda, agar kreditorlar bilan tuzilgan bitimda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, shartnoma asosida jalb etishga;

davlat xizmatlaridan, shu jumladan davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan oldindan haq to‘lamasdan foydalanishga;

qarzdorning mulki, hisobvaraqlari va depozitlari, shu jumladan kredit kartalari, elektron balanslari va elektron pul o‘tkazmalari to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslardan (shu jumladan kredit tashkilotlaridan) hamda davlat organlaridan bepul axborot olishga;

qarzdor jismoniy shaxsdan uning jismoniy shaxsning qarzini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish rejasini amalga oshirishga doir faoliyati to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olishga;

o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun davlat soliq xizmati va bojxona organlaridan, byudjetdan tashqari jamg‘armalardan, ko‘chmas mulkka oid hujjatlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlardan hamda qarzdor korxona va unga tegishli mol-mulk to‘g‘risida zarur axborotga ega bo‘lgan boshqa vakolatli organlardan axborot olishga;

o‘z vazifalarini bajarishni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sudga ariza berishga haqli.

 

Samaradorlik mezoni hisoblanmish moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarga faqatgina ijro etuvchi boshqaruv organning faoliyati bilangina erishib bo‘lmaydi. Yetakchi qanchalik mohir bo‘lmasin, g‘alabaga butun mehnat jamoasining birgalikdagi mehnati bilan erishiladi. Shuning uchun Nizomning 28-bandida aytilgan: «... tashkilotlarda ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligini baholamasdan yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoki past darajada deb e’tirof etilgan taqdirda ustamalar belgilashga, mukofot puli va boshqa moddiy rag‘batlantirishlar to‘lashga yo‘l qo‘yilmaydi».

Korxonaning ichki hujjatlariga, masalan «Xodimlar mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida Nizom», «Xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida Nizom» va boshqahujjatlar ishlab chiqilganda va/yoki ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganda mazkur masala albatta inobatga olinishi kerak.

 

 

Samadradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichi (SYK) korxonada tasdiqlangan barcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarining o‘rtacha o‘lchangan miqdori sifatida hisoblanadi.Hisoblash asosiy SMK bo‘yicha alohida, qo‘shimcha SMK bo‘yicha alohida amalga oshiriladi.Ijro etuvchi organning faoliyatini baholash uchun asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yakunlar ham, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha yakunlar ham hisobga olinadi. Buning uchun asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha SYK summasining o‘rtacha arifmetik qiymati hisoblab chiqariladi.

 

 

Har bir hisobot davri uchun samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ro‘yxati, ularning prognoz (maqsadli) miqdorlari, shuningdek salmog‘i xo‘jalik yurituvchi sub’ektning vakolatli boshqaruv organi qarori bilan tasdiqlanadi. Shuning uchun tasdiqlangan ko‘rsatkichlardan har qanday og‘ishlarga yoki ularning maqsadli (prognoz) ko‘rsatkichlarini o‘zgartirishga faqat shu ko‘rsatkichlarni tasdiqlagan vakolatli organning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi.

Agar tasdiqlangan ko‘rsatkichni bajarish imkoni yo‘qligi vakolatli organga asoslab berilsa, u tomonidan:

  • mazkur ko‘rsatkichni samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari ro‘yxatidan chiqarish va qolgan ko‘rsatkichlarning salmog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risida; yoki
  • SMKning maqsadli (prognoz) ko‘rsatkichi va/yoki uning salmog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidaqaror qabul qilinishi mumkin.

Samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari tizimi, ularning maqsadli (prognoz) ko‘rsatkichlariijro etuvchi organning takliflari asosida tasdiqlanishi inobatga olinsa, keyinchalik ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni shu ko‘rsatkichlarni tayyorlash paytida yo‘l qo‘yilgan kamchilik sifatida baholash lozim. Aynan shu sababdan «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida Nizom»da samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari tizimini va ularning maqsadli (prognoz) ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish uchuntashqaridan maslahatchilarni jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bunda SMK tizimini tatbiq qilishda xatoga yo‘l qo‘yilishi tahlikasi imkon qadar kamaytiriladi va sarflangan xarajatlar o‘zini oqlaydi. SMK to‘g‘ri va haqqoniy hisoblanganligi ijro etuvchi organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi, shunday ekan SMK tizimini tatbiq etishga professional yondashuv korxonaning faoliyatini baholashda ijro etuvchi organning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

 

 

 

Ha, birinchi beshta ko‘rsatkich Moliyaviy hisobotlar xalqaro standartlari (MHXS) bo‘yicha hisobot topshirishga o‘tgan korxonalarda hisoblash uchun ko‘zda tutilgan. Bu beshta ko‘rsatkich korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini baholash uchun muhim, bundan tashqarimanfaatdor shaxslar, shu jumladan xorijiy investorlar aynan shu ko‘rsatkichlar bilan tanishishni istaydilar.

Mazkur ko‘rsatkichlarni hisoblash qoidalaridan ma’lumki, ulardan to‘rttasini Buxgalteriya hisobi milliy standartlari (BHMS) bo‘yicha tayyorlangan hisobotlar asosida aniq hisoblab chiqish mumkin[1]. Faqat bitta ko‘rsatkich (EBITDA–foizlar, soliqlar va amortizatsiya chiqarib tashlanishidan oldingi foyda) qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qiladi. Bu ma’lumotlar BHMS bo‘yicha tayyorlangan moliyaviy hisobotlarda yo‘q, ammo SMKni hisoblash uchunasos bo‘ladigan boshqa manbalarda bor. Bu esa birinchi beshta muhim ko‘rsatkichni joriy davrda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi va hisobotlari standartlaridan qat’i nazar hisoblash imkonini beradi.

[1]Qarang. «Asosiy samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlarini hisoblash qoidalari». «Davlatulushibo‘lganaksiyadorlikjamiyatlarivaboshqaxo‘jalikyurituvchisub’ektlarfaoliyatisamaradorliginibaholashmezonlarito‘g‘risidaNizom»ga 3a-ilova..

 

 

 

Nizomga muvofiq, 2a-ilovada keltirilgan SMK hisoblash uchun zaruriy va O‘zR Davlat aktivlarini boshqarish markaziga topshirilishi shart. Alohida SMKlarni qo‘llash imkoni bo‘lmagan hollarda, bu haqidagi qaror tashkilotning ijro etuvchi organi taklifiga asosan vakolatli boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.

Tushunarliki, tashkilot faoliyatining o‘ziga xos tomonlari boshqa SMKlar ham qo‘llanilishini taqozo etishi mumkin. Bunday hollarda, 2b-ilovada keltirilgan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar doirasida ish tutish tavsiya etiladi. Ijro etuvchi organ faoliyatini baholash uchun qo‘llaniladigan barcha samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari vakolatli boshqaruv organi (kuzatuv kengashi, ta’sischi va h.k.) qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

 

 

Davlatga topshiriladigan hisobotlarning davriyligidan qat’i nazar, SMKni hisoblashning davriyligi har chorakdan iborat bo‘ladi[1]. Bu narsa hisobotni bir yilda bir marta topshiradigan tashkilotlarga ham taalluqli. Davlat organlariga topshiriladigan hisobotlar (moliyaviy, statistik, soliq va boshqa) SMKni hisoblash uchun axborot manbalaridan biri hisoblanadi, xolos. Ulardan tashqari, buxgalteriya hisobi hujjatlaridagi, biznes-rejadagi, belgilangan tartibda olingan yoki ishlab chiqilgan boshqa materiallardagi ma’lumotlardan foydalanish zarur[2].

[1]Qarang. «Davlat ulushi bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini baholash mezonlari to‘g‘risida Nizom»ning 8-bandi. O‘zR Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi 207-son qaroriga ilova.

[2]O‘sha yerda. 13-band.

 

Samaradorlikning prognoz (maqsadli) ko‘rsatkichlarixo‘jalik yurituvchi sub’ektning ijro etuvchi organi tomonidan tashkilotning vakolatli organiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi. Ularning miqdori qonunchilikda tasdiqlangan me’yoriy miqdordan past bo‘lishi mumkin emas. Ko‘pchilik me’yoriy miqdorlar ko‘rsatkichlari qonunchilikda belgilanmaganligi sababli, ularni to‘g‘ri aniqlash juda muhim. Bu qanday amalga oshiriladi va nimalar hisobga olinishi kerak?

Prognoz (maqsadli) ko‘rsatkichlarining ob’ektiv qiymatlarini belgilash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi:

  • tashkilot yoki umuman soha bo‘yicha  ekspertlar o‘tkazgan baholash natijalarini tahlil qilish va foydalanish;
  • eng muvaffaqiyatli raqobatchilarning moliyaviy va nomoliyaviy ko‘rsatkichlarini to‘plash va kompleks tahlil qilish;
  • o‘tgan davrlardagi (kamida oldingi uch yil) haqiqiy ma’lumotlar asosida hisob-kitob qilish.
  • Specific - muayyan, aniq. «Zudlik bilan tugmani bosish» maqsadi aniq belgilanmagan, buning o‘rniga  «1 soniya davomida tugmani bosib turish»to‘g‘ri bo‘ladi;
  • Measurable - o‘lchanadigan. Maqsad natijasini miqdor jihatdan o‘lchash mumkinligi nazarda tutilishi lozim;
  • Achievable–erishsa bo‘ladigan. Maqsad erishsa bo‘ladigan bo‘lishi lozim;
  • Relevant– sharoitga mos. Maqsadga erishish resurslar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim;
  • Timed/Time-bounded — Nuqtaga/vaqt oralig‘iga bog‘langan bo‘lishi. Bog‘liqlik yo‘q ekan – maqsad ham yo‘q (orzu bor, xolos).

Maqsadni belgilashda SMART qoidalari inobatga olinishi lozim. «Maqsadlar asosida boshqarish»(objectivemanagement) konsepsiyasida samaradorlikka erishish uchun oldinga qo‘yilayotgan maqsad quyidagi mezonlar asosida tekshiriladi:

 

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech