Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

08 Iyul 2022

“Uzauto TRAILER” MChJni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasini jalb qilish to‘g‘risida eʼlon  

 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda - Davaktiv agentligi/Buyurtmachi) tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, “Uzauto TRAILER” MChJ (keyingi o‘rinlarda - Аktiv)ni xususiylashtirish bo‘yicha professional konsalting kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda - Konsultant) tanlab olinishi yuzasidan tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun so‘rovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini joriy yil 18 iyul kuni soat 18:00 (Toshkent vaqti bilan)ga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Аgar, birgalikda qo‘shma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik-konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul bo‘lgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant ko‘rsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari so‘raladi

Jamshid Jo‘raev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Davlat aktivlarini xususiylashtirish departamenti boshlig‘i;

Tel.: + 998-71-259-22-10; el.pochta: privatization@davaktiv.uz;

Shohrux Ohunov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Muvofiqlashgan harakatni taʼminlash departamenti boshlig‘i;

Tel.: + 998-71-259-21-87; el.pochta: cooperation@davaktiv.uz.

Konsultantlarning vakillari bilan Bitim bo‘yicha ishlar yaqin hamkorlikda, zarur hollarda esa Аktivda qo‘shimcha loyiha guruhini tuzish orqali amalga oshirilishi mumkinligi maʼlum qilinadi.

Diskleymer:

Mazkur so‘rovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga ko‘ra, takliflar uchun ushbu so‘rovni eʼlon qilish va/yoki u bilan bog‘liq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan xususiylashtirish bo‘yicha kutilishi mumkin boʼlgan ishlar hajmi toʼgʼrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga mo‘ljallangan.

Buyurtmachi sotish jarayoni bo‘yicha, shu jumladan, ularning tavsiyalari asosida qaror qabul qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

 

“Uzauto TRAILER” MChJni xususiylashtirish bo‘yicha konsultantni jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun so‘rovnoma (RfP)

Kirish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 18 martdagi PQ-168-son qaroriga muvofiq, "Uzauto TRAILER" MChJ ustav kapitalidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish (keyingi oʼrinlarda - Bitim) belgilangan.

Sotish jarayonlari avtomobilsozlik bozorining tarmoq va individual xususiyatlaridan kelib chiqib hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari doirasida, eng maqbul xorijiy tajriba asosida tashkil etilishi lozim. Qonun hujjatlariga hamda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ga asosan tayyorlangan moliyaviy hisobotga muvofiq, Buyurtmachi to‘g‘ri qaror qabul qilishi uchun Аktivni mustaqil baholash ishlarini amalga oshiradi.

Bitim jarayoniga hamrohlik qilish doirasida xususiylashtirish bo‘yicha konsultantdan talab qilinadigan Ish hajmi ushbu So‘rovnomaning ilovasida ko‘rsatib o‘tilgan.

Аktiv to‘g‘risida qisqacha maʼlumot

"UzAuto TRAILER" MCHJ- avtomobilsozlik va yuk shassisiga turli xil qo‘shimchalar ishlab chiqarishda zamonaviy xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish korxonasi. Zavodning loyiha quvvati 3000 taga mo‘ljallangan: 2000 ta yarim romork yuk shassisi uchun 1000 dona qo‘shimchalar, shuningdek, respublika iqtisodiyotining turli tarmoqlarini ta'minlash uchun keng turdagi avtomobil texnikalarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi. "UzAuto TRAILER" MCHJ o‘z mahsulotlarini nafaqat O‘zbekiston ichki bozorida, balki qo‘shni mamlakatlarda: Qozog‘iston, Ozarbayjon, Afg‘oniston, Turkmaniston va Qirg‘iziston sotilishiga qaratilgan.

Kompaniyaning Markaziy ofisi "UzAuto TRAILER" MChJ Samarqand viloyati, Jomboy tumani, Toshkent ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan. Korxona 2012-yil 6 iyun kuni tijorat faoliyatini boshlagan.

2021 yil yakuniga koʼra, kompaniya 626,2 mlrd. so‘m sof tushum, 53,0 mlrd. so‘m sof foyda olgan va umumiy sof aktiv qiymati 158 mlrd. so‘m qiymatini tashkil etadi. Yaratilgan ish o‘rni – 430 ta ish o‘rni

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qo‘yiladigan talablar

Avtomobilsozlik sohasida tegishli bilim va tajribaga ega maslahatchiga ustunlik beriladi.

Konsultantning taklifi (individual ariza beruvchi yoki konsortsium) o‘zbek yoki rus/ingliz tillarida tayyorlanishi hamda quyidagi maʼlumotlarni oʼz ichiga olishi lozim:

a) Аktivni xususiylashtirish jarayonini tashkillashtirish bo‘yicha konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʼlamini o‘z ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, xususiylashtirish jarayonning davomiyligi bo‘yicha xulosasi (10 ballgacha);

b) Shu toifadagi aktivlar doirasida tuzilgan bitimlar yuzasidan konsultantlarning ish tajribasi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2017 yil 1 yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar to‘g‘risida maʼlumot (35 ballgacha);

v) Loyihani amalga oshirishdan kelib chiqib, Bitimni amalga oshirish yuzasidan ishlarni tashkil etish bo‘yicha taklif. Taklif etilgan bitimga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning (jismoniy va yuridik) ismlari va ular haqidagi maʼlumotlar: ish tajribasi, faoliyat muddati, bitimlar tuzish bo‘yicha umumiy tajriba va ularni amalga oshirish bo‘yicha malakasi. Jamoa aʼzolarining oʼzbek tilini bilishi inobatga olinadi (15 ballgacha);

g) Tijorat taklifi ikki qismdan iborat (40 ballgacha):

Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida boʼlishi va konsultantning subʼektiv taxminlaridan holi bo‘lishi kerak;

Shu bilan birga, taklif etilgan haq miqdori ishlab chiqilgan savdo strategiyasiga bog‘liq va Buyurtmachi taklifning muvaffaqiyati uchun (“success fee”) mutanosib haq to‘lashni taʼminlaydigan takliflarga ustunlik beradi;

Аgar xizmat haqi narxlar oraligʼida berilgan bo‘lsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʼshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;

d) Qoʼyilgan vazifalarni bajarish uchun yetarli salohiyat va vakolatga egaligi, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslarning mavjudligi to‘g‘risida yozma ariza;

e) Manfaatlar to‘qnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot. Maslahatchi ushbu savdoga jalb qilingan taqdirda ziddiyatlar olib kelishi mumkin bo‘lgan hollarda potentsial bitim bo‘yicha salohiyatga ega ekanligini ko‘rsatish.

Xususiylashtirish bo‘yicha konsultantdan kutilayotgan ishlar hajm

I. Avtomobilsozlik bozorini tahlil qilish:

O‘zbekistonda va mintaqada sohani rivojlantirishdagi sharoitlarni va bozor tahlili, soha korxonalarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar;

boshqa (jumladan, qoʼshni) davlatlarda mazkur sohada amalga oshirilgan xususiylashtirish tajribasi tahlili, ushbu turdagi aktivning xususiylashtirishdagi muvaffaqiyatsizliklarining asosiy sabablari, kelgusida sohani rivojlantirish va muvaffaqiyatli xususiylashtirishni taʼminlovchi omillar

II. Аktiv tahlili:

Аktivning tavsifi, uning bozor va raqobatdagi o‘rni;

xatarlar (risk)ning tahlili: investor tahliliga muvofiq aktivni xatarga qo‘yadigan potentsial yo‘nalish va ehtimollarni aniqlash va bunday bitimlarning muvoffaqiyatsizligiga sabab bo‘ladigan eng keng tarqalgan sabablarni oʼrganish. Аniqlangan xatarlarni kamaytirish borasida chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida tavsiyalar berish;

yuridik ekspertizadan o‘tkazish, jumladan, quyidagi masalalarda:

intellektual faoliyatning obʼektiv ifodalangan natijalariga va ularga tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga, shu jumladan tovar belgisiga, bozor brendlariga va intellektual mulkning boshqa jihatlariga egalik huquqini belgilash;

tadbirkorlik faoliyati natijasi bo‘yicha asoslangan huquqiy manbalarini va mulkdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa xo‘jalik faoliyatlari bo‘yicha asoslarni aniqlash va xulosa berish;

shuningdek, mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida qo‘lga kiritish, meros qilib qoldirish, Аktiv foydasiga yoki uchinchi shaxs mulkiga egalik qilish huquqini vujudga keltirish muddati, uchinchi shaxslar foydasiga Аktivning mol-mulkiga boʼlgan mulkiy huquqlar bo‘yicha belgilangan cheklovlar;

yuklanish, shuningdek, qarzlarni undirish va majburiy ijro etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar;

mehnat va antimonopoliya qonunlariga, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizomlarga rioya qilish holati;

III. Аktivni sotishdan oldin tayyorlash bo‘yicha maslahatlar:

aktivning investitsion jozibadorligini oshirish, korporativ tuzilmani va korporativ boshqaruvni mukammallik asosida takomillashtirish va sotishdan oldingi davrda taqqoslanadigan o‘xshash kompaniyalarni ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar berish;

Samarali xususiylashtirishga olib keladigan kamida ikkita usulini tanlash va har bir taklif qilingan ssenariy (Taklif qilinayotgan xususiylashtirish usulini, kerakli harakatlar va ularning shartlarini o‘z ichiga olgan har bir parametrlar uchun) bilan bog‘liq xatarlarni xususiylashtirish rejasini ishlab chiqish.

Xususiylashtirishning eng yaxshi usulini tanlash bo‘yicha tavsiyalar.

Konsultant uchun talablar:

1) Konsultant mazkur sektor uchun maslahatchi xizmatlarini amalga oshirishda yetarli tajribaga ega bo‘lishi va belgilangan vazifalarni bajarish uchun tayinlangan asosiy jamoa a'zolarini taqdim etishi kerak.

2) Maslahatchi yetarli darajadagi tajribasini namoyish qilishi kerak.

birlashtirish va qo‘shib olishdagi (M&A) bitimlar, shu jumladan xususiylashtirish jarayonlari doirasidagi bitimlar.

Maslahatchi kapital bozorida yetarlicha tajriba va aksiyalarni ommaviy joylashtirish bilan bog‘liq qoidalar va tartiblarni yetarli darajada bilishi lozim.

Maslahatchi vazifani o‘z vaqtida bajarish uchun yetarli moddiy va inson resurslariga ega bo‘lishi lozim.

(2) Аgar konsultantlarning takliflari “a”, “b” va “v” bandlarida koʼrsatilgan talablardan kelib chiqib 30 balldan kam baholansa,  “g” bandida nazarda tutilgan baholash bali qoʼllanilmaydi.

1870 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech