Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Mart 2020

“Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi

Joriy yil 20-mart kuni Davaktiv agentligi binosida “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan, ushbu Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati mavzusida oʻquv seminari oʻtkazildi.

Mazkur oʻquv seminari onlayn tarzda "Zoom" platformasi orqali Davaktiv agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari xodimlari hamda sud boshqaruvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi.

Seminarda Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur Qonun bilan 7 ta kodeks va 18 ta qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganligi aytib oʻtildi.

Tadbirda mazkur Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati hamda toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida uchrayotgan muammoli masalalarni hal etishdagi ahamiyati toʻgʻrisida soʻz olib borildi.

Jumladan, ushbu Qonunga muvofiq jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi amaliyoti joriy etilganligi munosabati bilan Jinoyat kodeksining 180, 181 va 1811-moddalariga oʻzgartirish kiritilib, soxta toʻlovga qobiliyatsizlik, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirganlik yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelganlik uchun jismoniy shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilandi.

Soliq kodeksining 97-moddasi oʻn uchinchi qism bilan toʻldirilib, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv jarayonida yuzaga keladigan joriy soliq toʻlovlarini toʻlashni toʻxtatib turish va mazkur tartib-taomil yakunlangach soliq qarzlarini olti oy ichida teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, soliq kodeksining 304-moddasi toʻldirilib, bankrot deb topilgan qarzdor yuridik va jismoniy shaxslarning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning mol-mulkini sotishdan tushgan mablagʻlarining qarzni toʻlashga yoʻnaltirilgan qismini daromad sifatida hisobga olmaslik belgilandi.

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasining 3-qismi toʻldirilib, unga koʻra fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishga ixtisoslashuvi boʻyicha litsenziyaga ega boʻlgan advokatlarga sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish huquqi berildi.

Kodeks va qonunlardagi “bankrotlik” atamasi oʻrniga iqtisodiy nochor holatga tushgan tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy sogʻlomlashtirishni nazarda tutuvchi “toʻlovga qobiliyatsizlik” atamasi kiritildi.

Shu bilan birga, mazkur qonunchilik hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar aniq misollar bilan batafsil tushuntirildi.

Seminar yakunida, tadbir ishtirokchilarining barcha qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 

34 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech