Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Mart 2020

Davaktiv agentligi korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida davlat idoralari orasida 86 ballni toʻplab, reytingda ikki pogʻonaga koʻtarildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2023-yil natijalari boʻyicha 95 ta davlat organlari va tashkilotlari korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi boʻyicha 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholashdan oʻtkazilib, Davaktiv agentligining faoliyati samaradorligi 87 ball (avvalgi yil - 81 ball) bilan  “yaxshi” deb baholandi hamda reytingda 2 pogʻona koʻtarildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berishicha, natijalarning xolisligini taʼminlash maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat boʻlgan Reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhi shakllantirilib, ular tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining baholash natijalari mustaqil va xolis koʻrib chiqilgan va xulosalar taqdim qilingan.

Shuningdek, baholash natijalariga koʻra toifasi “yaxshi” deb topilgan 42 ta davlat tashkilotlari, shu jumladan, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha belgilangan choralar tizimli ravishda amalga oshirilganligi taʼkidlangan. Jumladan, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash natijalariga asosan manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi va ular samarali amalga oshirilib kelinayotganligi, turli tanlovlar jarayonida korrupsiya omili istisno qilinayotganligi, xodimlar va aholini korrupsiyaga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalashga oid tizimli choralar koʻrilayotganligi belgilab oʻtilgan.

Reyting baholash yakunlari boʻyicha “yaxshi” deb baholangan davlat tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ijobiy tajribasi ommalashtiriladi. “Qoniqarli” deb baholangan davlat tashkilotlariga ularning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar kiritiladi. “Qoniqarsiz” deb baholangan davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

 

158 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech