Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Yanvar 2023

"Dori Darmon" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligi "Dori Darmon" AJdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishga qiziqish bildirgan ko‘plab salohiyatli investorlarni murojaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek ushbu xususiylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunlash, mazkur jarayonlarni yana-da shaffof va raqobat muhitida o‘tkazish uchun yana-da ko‘proq salohiyatli talabgorlarni jalb qilish hamda ularning savdo jarayonlaridagi ishtirokiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga "Dori Darmon" AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining sotib olish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddatini 2023 yil 5 mart kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Avval xabar berilganidek, "Portfolio Investments" MChJ kompaniyasi ushbu Bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi hisoblanadi.

Avvalgi chop etilgan qiziqish bildirish bo‘yicha takliflarni qabul qilish (Express of interest) to‘g‘risidagi eʼlonning qolgan barcha maʼlumotlari o‘zgarishsiz qolmoqda.

Qo‘shimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

1735 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech