Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyun 2023

"Navoiyazot" AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish boʻyicha Texnik konsultant tanlab olindi

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan "Navoiyazot" AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish uchun Texnik konsultant (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb qilish yuzasidan xalqaro tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Mazkur tanlov jarayonida 3 ta mahalliy va xalqaro professional konsalting kompaniyalardan takliflar qabul qilinib, ularning moliyaviy taklifi, sohadagi tajribasi, malakasi va belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha yondashuvlari asosida saralandi.

Saralash natijasida, faoliyat sohasida amalga oshirgan yuqori darajadagi loyihalari, loyiha doirasida jalb qilinadigan professional jamoasining malakasi hamda eng maqbul narx taklifini bildirgan «Kellogg Brown and Root (KBR)» xalqaro kompaniyasi "Navoiyazot" AJni xususiylashtirish strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqish uchun Texnik konsultant sifatida tanlandi.

Texnik konsultant quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • Texnik faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • Ekologik va ijtimoiy faoliyatini kompleks tahlili (due diligence)
  • investorlar qiziqishini birlamchi oʻrganish (soft market sounding) doirasida yaxlit Kompaniya, shu jumladan ehtimoliy alohida mustaqil boʻlinmalarni va/yoki ishlab chiqarish zanjirlarni va/yoki infratuzilma va xizmatlarini sotib olishga boʻlgan investorlarning qiziqishini oʻrganish (primary market sounding)da Yetakchi konsultantga koʻmaklashish;
  • raqobatchilar bilan solishtirganda Kompaniya aktivlari qiymatining raqobatbardoshligini “benchmarking” usulida taqqoslashda Yetakchi konsultantga koʻmaklashish;
  • xususiylashtirish (“Navoiyazot” AJ ustav kapitalidagi davlat va “Oʻzkimyosanoat” AJ ulushlarini xususiylashtirish) strategiyasini va uni amalga oshirish yoʻl xaritasini ishlab chiqishda Yetakchi konsultantga koʻmaklashish.

Davaktiv agentligi «Kellogg Brown and Root (KBR)» xalqaro kompaniyasi bilan birgalikda jarayonni ochiq, shaffof va raqobat tamoyillariga asoslangan savdo mexanizmlariga muvofiq tashkil etishning barcha choralarini koʻradi hamda jarayonning har bir bosqichi toʻgʻrisida ommaga axborot berib borilishini taʼminlaydi.

Eslatib o'tamiz, joriy yil 30-apreldagi e'longa muvofiq, “Navoiyazot” AJni xususiylashtirish strategiyasini ishlab chiqish doirasida Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) Strategik maslahatchi sifatida jalb etilgan.

1614 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech