Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Oktyabr 2023

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida e'lon

2023-yil 13-oktabr kuni soat 10:00 da Davlat aktivlarini boshqarish agentligini hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur oʻtkaziladigan test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-sentabrdagi 765-son qaroriga muvofiq test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va video tasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Тest imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

 

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test oʻtkaziladigan manzil

Maʼlumot

uchun telefon

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy

(97) 355-17-35

2

Andijon viloyati

Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

(90) 542-57-17

3

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

(91) 417-21-00

4

Jizzax viloyati

Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy

(99) 568-56-23

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi, 43-uy

(93) 935-72-00

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi, 27-uy

(90) 085-09-04

7

Namangan viloyati

Namangan shahar, Navoiy koʻchasi, 72-uy

(93) 496-86-41

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahar, Kamol otaturk koʻchasi, 21-uy

(90) 742-61-19

9

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy

(93) 635-26-40

10

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy

(99) 784-02-12

11

Toshkent viloyati

Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, 45-uy

(97) 715-75-65

12

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy

(94) 442-22-44

13

Xorazm viloyati

Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy

(97) 513-07-05

14

Toshkent shahar

Chilonzor tumani, Islom Karimov koʻchasi, 55-uy

(99) 002-50-02

 

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarma binosida topshirishlari mumkin.

961 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech