Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 May 2023

Navoiy viloyatida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1046 ta koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida “bitta aksiya – bitta lot tamoyili asosida “xalqchil IPO orqali taklif etilishi belgilangan.

Hududlarda mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʻibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 25-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Navoiy viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda 150 nafardan ziyod mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.

“Roadshow” taqdimoti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Nurali Atajonov hamda viloyat hokimining oʻrinbosari Islomiddin Norimov boshchiligida boʻlib oʻtdi.

“Roadshow” ishtirokchilariga Davaktiv agentligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022 yil davomida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq jami 117 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilganligi, shundan 21 ta davlat aktivlari 58,3 mlrd. soʻm qiymatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganligi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, 2022 yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 2110 ta 25,4 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib, shundan 730 ta 97,9 gektar yer uchastkalari 35,1 mlrd.soʻmga sotilishiga erishilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan Navoiy viloyatidagi jami 106 ta davlat va davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining aktivlari, shundan 71 ta koʻchmas mulk obyektlari, jumladan, “bitta aksiya – bitta lot tamoyili asosida “Navoiy KMK” AJning 2 foiz aksiya paketlari hamda “Janubsanoatmontaj” AJning 20,7 foiz aksiya paketlari “xalqchil IPO”ga chiqarilishi yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻz oʻrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga “E-auksion” elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyichamaster-klass oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy, ham amaliy tushuntirildi.

Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan “Roadshow” davomida Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Bekzod Usmonov va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʻtdilar.

Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari uchun Press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan tadbirkorlar tomonidan ushbu obyektlar negizida bajarilgan ishlar, shuningdek sotuvga chiqarilgan davlat aktivlari joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Shu kabi tadbirlar bugungi kunga qadar Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlarida oʻtkazildi, shuningdek yil davomida respublikamizning qolgan barcha viloyatlarida, Toshkent shahrida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

1705 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech