Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 May 2023

Farg‘ona viloyatida navbatdagi “Roadshow” taqdimoti o‘tkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1046 ta koʻchmas mulk obyektlari ommaviy savdolarga chiqarilishi, shuningdek, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi barcha fuqarolar va investorlarga qatnashish imkoniyati taqdim etish maqsadida “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “xalqchil IPO” orqali taklif etilishi belgilangan.

Hududlarda mazkur qaror mazmun-mohiyatini tushintirish va targʻibot qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, joriy yilning 4-may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Fargʻona viloyatida xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer uchastkalari toʻgʻrisida navbatdagi Roadshow taqdimoti oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda 300 nafardan ziyod mahalliy hokimliklar hamda viloyatdagi yirik korxonalarning vakillari, tadbirkor va investorlar ishtirok etdi.

Mazkur tadbir Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Miraliyev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi Xabib Sirojitdinov hamda viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Maqsudali Saydullayev boshchiligida boʻlib oʻtdi.

“Roadshow” ishtirokchilariga Davaktiv agentligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan 2022-yil davomida xususiylashtirish dasturlariga muvofiq jami 145 ta davlat aktivlari auksion savdolariga chiqarilganligi, shundan 75 ta davlat aktivlari 139,9 mlrd.soʻm qiymatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilganligi maʼlum qilindi. Bundan tashqari, 2022-yil davomida tadbirkorlar va fuqarolar uchun 6575 ta 339,5 gektar yer uchastkalari elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan boʻlib, shundan 701 ta 54,9 gektar yer uchastkalari 44,1 mlrd.soʻmga sotilishiga erishilgan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi PQ-102-sonli qaroriga muvofiq, ommaviy savdolarda sotilishi belgilangan Fargʻona viloyatidagi jami 136 ta davlat va davlat ishtirokidagi xoʻjalik jamiyatlarining aktivlari hamda 85 ta koʻchmas mulk obyektlari, jumladan, “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida “Qoʻqon neftgaz parmalash ishlari” AJning 10,3 foiz aksiya paketlari xalq IPOsiga chiqarilishi yaqindan tanishtirildi.

Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga avvaldan doimiy foydalanish yoki umrbod egalik qilish huquqi asosida oʻzlariga tegishli boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish tartibi boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Oʻz oʻrnida, Davaktiv agentligi mutasaddilari tomonidan qatnashchilarga E-auksion elektron savdo platformasidan foydalanish boʻyicha master-klass oʻtkazilib, savdo platformasida shaxsiy kabinet ochish, onlayn elektron imzo olish va savdolarda qatnashish uchun arizalar berish tartiblari ham nazariy ham amaliy tushuntirildi.

Koʻtarinki ruhda va savol-javoblarga boy oʻtgan Roadshow davomida Davaktiv agentligi direktori oʻrinbosari Alisher Miraliyev va viloyatning boshqa mutasaddi rahbarlari tadbir qatnashchilari va OAV vakillari tomonidan berilgan bir qator savollarga batafsil javoblar berib oʻtdilar. 

Shu bilan birga, kunning ikkinchi yarmida OAV vakillari uchun Press-tur ham tashkil etilib, davlat aktivlarini sotib olgan tadbirkorlar tomonidan ushbu obyektlar negizida bajarilgan ishlar joyiga chiqqan holda oʻrganildi.

Shu kabi tadbirlar yil davomida respublikaning barcha viloyatlarida, Toshkent shahrida va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2013 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech