Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Mart 2020

Bo'stonliqdagi dam olish maskani onlayn-auksion savdolarida sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Qoronqul MFYda joylashgan boshlang'ich narxi 37 mlrd. so'mlik Anhor Sayli (sobiq “Aziz” va “Kazbek”) dam olish oromgohlari ochiq auksion natijasida "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali 61 mlrd. so'mga sotilganligini ma'lum qiladi.

2023-yil 6-mart kuni o'tkazilgan onlayn-auksion savdosida Impower trading MCHJ g'olib deb topildi.

Ushbu onlayn-savdo 5 nafar talabgor o'rtasida qizg'in kechdi va savdoda boshlang'ich narxga nisbatan 24 mlrd. so'm qimmatroq narx taklif etildi.

Ma'lumot uchun, ushbu davlat aktivi 1,9 gektar yer maydoni hamda 3 831 kv. metr bino-inshootlarga ega.

865 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech