Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Yanvar 2022

“Qo’qon biokimyo” AJning 99,7 % aksiya paketini sotib olish bo'yicha majburiy bo'lmagan takliflarni qabul qilish to'g'risida e'lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to`g`risida”gi
PF-6167-son Farmoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o`rinlarda – Agentlik yoki Sotuvchi)
“Qo’qon biokimyo” AJ (keyingi o`rinlarda – Kompaniya yoki Qo’qon biokimyo) ustav kapitalidagi 99,7 foiz aksiyalar paketini muzokaralarga ommaviy taklif etish orqali sotish istagini e’lon qiladi (keyingi o`rinlarda – Bitim yoki Sotuv).

Deloitte xalqaro kompaniyasi ushbu Bitim bo'yicha Agentlik maslahatchisi vazifasini bajaradi. “UzAssets investitsiya kompaniyasi” AJ (keyingi o‘rinlarda – UzAssets) Agentlik manfaatlari uchun va uning nomidan Bitimga tayyorgarlik jarayonini amalga oshiradi.

Kompaniya to`g`risida qisqacha ma'lumot:

“Qo’qon biokimyo” AJ 1983 yilda tashkil etilgan, yillik ishlab chiqarish quvvati 4 020 ming dal. ni tashkil etib, O‘zbekiston Respublikasidagi eng yirik etil spirti ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Shu bilan birga, “Qo’qon biokimyo” aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilgan spirt organoleptik xususiyatlariga ko’ra, O‘zbekistondagi eng yaxshilaridan biri sifatida mutaxassislar tomonidan e’tirof etib kelinadi.

Kompaniyada spirt ishlab chiqarish bilan bir qatorda, quvvati yiliga 5,36 ming tonnagacha bo'lgan glyuten ishlab chiqarish bo'yicha yangi liniya ishga tushirilgan va ayni paytda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish hajmi faol oshmoqda.

Kompaniya daromadlar o'sishining yuqori sur'atlarini namoyish etmoqda, rentabellik darajasi esa bozor darajasida.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Sotuv jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi o`rinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq bo'lgan takliflarni taqdim etishning raqobatga asoslangan jarayoni sifatida tashkil etilgan. Jarayon manfaatdor Ishtirokchilardan majburiy bo'lmagan, keyin esa majburiyatga ega bo'lgan takliflarni olishdan va bir yoki bir nechta Ishtirokchilar bilan keyingi muzokaralarni o’tkazishdan iborat bo'ladi.

Hozirgi vaqtda Ishtirokchilarga quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ariza xati orqali (keyingi o'rinlarda - "Majburiy bo'lmagan taklif") o’z qiziqishlarini bildirishlari so’raladi:

  1. Ariza beruvchi haqida qisqacha ma'lumot;
  2. Barcha aksiyadorlari (va ularning egalik ulushi) va yakuniy benefitsiarlari to'g'risidagi ma'lumotlar;
  3. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;
  4. Oxirgi 3 yil uchun audit qilingan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot;
  5. Bitim narxi va shartlari bo'yicha taklif.

Majburiy bo'lmagan taklif Ishtirokchining xohishiga ko'ra o'zbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Majburiy boʻlmagan takliflar va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha Ishtirokchilar tanlov natijalari va keyingi bosqichlar toʻgʻrisida shaxsan xabardor qilinadi.

Majburiy bo'lmagan takliflar ko'rinishida arizalarni topshirishning oxirgi muddati– 2022-yil 25-fevral Toshkent vaqti bilan soat 18:00gacha.

Arizalar va majburiyatga ega takliflar quyidagi elektron manzillarga yuborilishi kerak: anagurnyi@deloitte.ru, smilyavsky@deloitte.ru, rmukhametshin@deloitte.uz.

Qo'shimcha shartlar

UzAssets sotish jarayonining ketma-ketligini o'zgartirish yoki potentsial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Ushbu e'lon yoki uning mazmunining biron bir qismi mazkur e’lon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin bo`lgan UzAssets, Kompaniya va Deliottening Kompaniyani sotish bilan bo`g`liq biror bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. UzAssets va Deliotte o'z xohishiga ko'ra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni o'z zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga o'zgartirish kiritish;

(ii) har qanday sababga ko‘ra sotish jarayonini to‘xtatish; va/yoki

(iii) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli bo‘lgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini o‘zida saqlab qoladi.

3395 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech