Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Mart 2020

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan davlat aktivlarini boshqarish tizimi takomillashtiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil “___” martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish va iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ bilan xususiylashtirish dasturi tasdiqlanib, quyidagi uchta yo‘nalishdagi xususiylashtirish rejalari belgilandi.

Birinchidan, 1 mingta korxonadagi davlat aksiya paketlari sotuvga chiqariladi.

Ikkinchidan, 1 mingta ko‘chmas mulk ob'ektlari ommaviy savdolarga qo‘yiladi. Ularda 600 gektar yer va 1 million kvadrat metrli bino-inshootlar mavjud. Eng muhimi, infratuzilma bilan ta'minlangan va aholi punktlariga yaqin. Ushbu obyektlarni sotishni tezlashtirish uchun mulklarni sotishga tayyorlash muddati hozirgi 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi. 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan obyektlarni tadbirkorlarning murojaati asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

Uchinchidan, 40 ta yirik korxona va banklardagi davlat ulushi “xalqchil IPO” orqali sotiladi. Jumladan, ilk bor Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Metallurgiya kombinati, “O‘ztelekom”, Milliy bank, Sanoatqurilishbank kabi yirik korxonalarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari aholiga taklif etiladi. Bunda aholiga aksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi. Aksiyalari sotilgan korxonalar besh yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi.

Shu bilan birga, xususiylashtirish dasturi orqali 1 000 dan ortiq davlat ishtirokidagi korxonalar ulushlari va 1 046 ta ko‘chmas mulki obyektlari xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. Ular orasida “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zavtosanoat” AJ va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJlarining davlat ulushlari mavjud. Bundan tashqari, “Dehqonobod kaliy zavodi” AJ, “Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ, “Dori-darmon” AJ, “Chinoz neftni qayta ishlash zavodi” MChJ kabi yirik aktivlarning xususiylashtirilishi ko‘zda tutilgan. Hozirda ushbu aktivlar bo‘yicha savdo jarayonlari davom etmoqda.

Hujjat bilan shuningdek, 

315 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech