Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Oktyabr 2023

“Botanika” bogʻi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining rasmiy munosabati

Taʼkidlash joizki, davlat madaniyat va istirohat bogʻlarining bino-inshootlarining mol-mulki va yer maydonlarining noqonuniy begonalashtirilish holatlari aniqlangan va bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, 12 ta viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda respublika hududidagi barcha madaniyat va istirohat bogʻlari xatlovdan oʻtkazilgan.

Xatlov natijasida hududlardagi 262 ta bogʻlar 153 ta tashkilotlar tasarrufida boʻlib, ularning ayrimlari tashlandiq va qarovsiz holga kelib qolganligi, ularni boshqarish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmayotganligi aniqlandi va ulardan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

Ishlab chiqilgan takliflar tegishli qaror loyihasi koʻrinishida kelishish uchun 11 ta vazirlik va idoralarga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga Normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (project.gov.uz) orqali yuborilgan.

Loyihada bogʻlarni xususiylashtirish yoki boshqacha tartibda begonalashtirish koʻzda tutilmagan.

Oʻz navbatida, Fanlar akademiyasi mazkur qaror loyihasidan “Botanika” bogʻini chiqarish boʻyicha oʻz takliflarini project.gov.uz tizimi orqali bugun 2023-yil 7-oktabr kuni taqdim etgan.

Fanlar akademiyasining ushbu taklifi asosida “Botanika” bogʻi qaror loyihasidan chiqarilgan.

Mazkur qaror loyihasi barcha vazirlik va idoralar, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qayta ishlangan holda Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda kiritiladi.

879 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech