Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Sentyabr 2023

5-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

141 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20 mlrd so'm bo'lgan 354 ta lot 43,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 6 ta
  • Boshlang‘ich narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,3 mlrd so‘m
  • Navoiy viloyati Nurota tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki” Navoiy viloyat filiali balansidagi noturar bino-inshoot 1,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 53 ta
  • Boshlang‘ich narxi 606 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 24,3 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali balansidagi bo‘sh turgan oshxona 311,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 58 ta
  • Boshlang'ich narxi 11,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 14,3 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 38,3 ga
  • Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 779,9 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 31 sotix yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Chirchiq shahridan boshlang'ich narxi 559,6 mln so‘m bo‘lgan poligrafiya sanoati obyektlari qurish uchun 50 sotix yеr uchastkasi 895,8 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 123 ta
  • Boshlang'ich narxi 19,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 22 mln so‘m
Qazilmalarni qazish huquqi:
  • Soni 10 ta
  • Boshlang'ich narxi 429,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 19,5 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 88 ta
  • Yer 92,5 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 7,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 836 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,3 trln so'm bo'lgan 118 075 ta lot savdoga qo'yilgan.
420 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech