Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Aprel 2024

4-aprel sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 034 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 42,4 mlrd so'm bo'lgan 536 ta lot 93 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 15,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 16,9 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,2 mlrd bo'lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazining Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi molxona va omborxona binolari 3,4 mlrd so'mga sotildi.

Davlat mulkini ijaraga berish:

  • soni 103 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,1 mlrd so‘m
  • Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 19,3 mln so‘m bo‘lgan Guliston davlat pedagogika instituti balansidagi oshxona 403,8 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari:

  • soni 58 ta
  • boshlang'ich narxi 3,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 21,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 44,9 ga 
  • Buxoro viloyati Olot tumanidan boshlang'ich narxi 115 mln so‘m bo‘lgan suyuq yoqilg‘i maishiy xizmat ko‘rsatish obyekti qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 402,5 mln so‘mga sotildi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:

  • soni 10 ta
  • boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Termiz shahridan boshlang'ich narxi 268,4 mln so'm bo'lgan ko‘p qavatli turar-joydagi xonadon 354,3 mln so‘mga sotildi.

Xususiy buyurtmalar:

  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 45 ta
  • boshlang'ich narxi 15 mln so‘m
  • sotilgan narxi 150 mln so‘m 

O'tkazilgan savdolarda 1 559 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 11,2 trln so'm bo'lgan 136 955 ta lot savdoga qo'yilgan.

1635 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech