Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

01 Iyun 2023

31-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

754 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so'm bo'lgan 473 ta lot 4,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 60 ta
  • Boshlang‘ich narxi 961,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 287,8 mln so‘m bo‘lgan "Munitsipal aktivlarini boshqarish markazi" DUK balansidagi bino qismi 345,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
  • Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 31 mln so‘m bo‘lgan Urganch davlat pedagogika instituti balansidagi bostirma hamda bo'sh turgan bino 179,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 10 ta
  • Boshlang'ich narxi 124,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 138 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,3 ga
  • Farg'ona viloyati Farg'ona shahridan boshlang'ich narxi 35 mln so‘m bo‘lgan nomavsumiy oromgohlar qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 39 mln so‘mga sotildi.
  • Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 30 mln so‘m bo‘lgan sog'lomlashtirish tipidagi hammomlar qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 33 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 77 ta
  • Boshlang‘ich narxi 19,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 107,2 mln so‘m
  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidan boshlang'ich narxi 0,4 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 22,4 mln so'mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 321 ta
  • Yer maydoni 146 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 6,6 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 11,9 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 291 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 133 772 ta lot savdoga qo'yilgan.

685 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech