Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

04 Oktyabr 2023

3-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

196 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 131,9 mlrd so'm bo'lgan 1 106 ta lot 146,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 20 ta
  • Boshlang‘ich narxi 69,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 73,8 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 35,2 mlrd so‘m bo‘lgan Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi noturar bino-inshootlar kompleksi 36,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 100 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,05 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 243,6 mln so‘m bo‘lgan kasb-hunarga o‘qitish markazi balansidagi yotoqxona binosining bir qismi 268 mln so‘mga ijaraga berildi. 
Yer uchastkalari:
  • Soni 36 ta
  • Boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 11,7 ga
  • Sirdaryo tumanidan boshlang'ich narxi 120,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,80 gektar yеr uchastkasi 939,6 mln so‘mga sotildi.
  • Andijon viloyati Paxtaobod tumanidan boshlang'ich narxi 549,2 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi to‘qimachilik mahsulotlari va matolarni bo‘yash faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 2,99 gektar yеr uchastkasi 604,2 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 53 ta
  • Boshlang'ich narxi 17,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 143,1 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 827 ta
  • Yer 4 417,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 46,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 48,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 011 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 114 146 ta lot savdoga qo'yilgan.
502 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech