Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 May 2023

29-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

1 620 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 113,3 mlrd so'm bo'lgan 1 875 ta lot 137,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
 Davlat aktivlari:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 90,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 96,6 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Piskent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 32 mlrd so'm bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki AJ balansidagi Issiqxona bino-inshootlari kompleksi 34 mlrd so'mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 43 ta
  • Boshlang‘ich narxi 645,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 750,4 mln so‘m
  • Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 24 mln so‘m bo‘lgan O'ztemiryo'lyo'lovchi AJ Samarqand filiali balansidagi vokzalning chakana savdo uchun joyi 249,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 130 ta
  • Boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 26,8 ga
  • Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidan boshlang'ich narxi 258,1 mln so‘m bo‘lgan un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 2,36 gektar yеr uchastkasi 438,7 mln so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumanidan boshlang'ich narxi 11,4 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 9 sotix yеr uchastkasi 56 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 271 ta
  • Boshlang‘ich narxi 54,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 545,2 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 271 ta
  • Yer maydoni 592,9 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 26,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 25,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 4 064 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,9 trln so'm bo'lgan 129 064 ta lot savdoga qo'yilgan.
659 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech