Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 May 2023

26-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

936 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 96,3 mlrd so'm bo'lgan 556 ta lot 117,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 14 ta
  • Boshlang‘ich narxi 73,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 77,6 mlrd so‘m
  • Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida joylashgan boshlang’ich narxi 3,2 mlrd so‘m bo‘lgan "Mikrokreditbank" ATB balansidagi 2 qavatli yerto'lali bank va xo'jalik binolari 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 49 ta
  • Boshlang‘ich narxi 338 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 5,4 mlrd so‘m
  • Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 4,1 mln so‘m bo‘lgan 28-umumiy o'rta ta'lim maktabining oshxonasi 36,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • Soni 85 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 10,5 ga
  • Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 881,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1,06 gektar yеr uchastkasi 1,1 mlrd so‘mga sotildi.
  • Farg'ona viloyati Farg'ona shahridan boshlang'ich narxi 644,9 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi 1,25 gektar yеr uchastkasi 677,1 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 127 ta
  • Boshlang‘ich narxi 46,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 494 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 235 ta
  • Yer maydoni 85,4 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,4 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 538 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 134 896 ta lot savdoga qo'yilgan. 
597 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech