Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Dekabr 2023

26-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

213 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 6,6 mlrd so'm bo'lgan 199 ta lot 9,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 2 ta
  • boshlang‘ich narxi 643,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 708 mln so‘m
Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 438,7 mln so‘m bo‘lgan "Asakabank" AJ balansidagi bo'sh turgan bino 482,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 109 ta
  • boshlang‘ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 6,5 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,6 mlrd so‘m bo‘lgan Surxondaryo viloyat hokimligi balansidagi bo‘sh turgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi 1,7 mlrd so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 19 ta
  • boshlang'ich narxi 236,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 268,3 mln so‘m
  • yer maydoni 0,4 ga
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan boshlang'ich narxi 108,7 mln so‘m bo‘lgan mahalla guzari bino-inshootlarini qurish uchun 13 sotix yеr uchastkasi 119,6 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidan boshlang'ich narxi 14,3 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 24,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 9,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 270,6 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 13 ta
  • yer 25,2 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 425 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,9 trln so'm bo'lgan 112 821 ta lot savdoga qo'yilgan.
1122 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech