Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Yanvar 2024

15-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

396 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 77,4 mlrd so'm bo'lgan 493 ta lot 94,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 31 ta
  • boshlang‘ich narxi 26,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 31,6 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 8,7 mlrd so‘m bo‘lgan Olmaliq shahar hokimligi balansidagi noturar joy bino-inshootlari 9,2 mlrd so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Muborak tumanidan narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi g‘isht ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 70 ta
  • boshlang'ich narxi 6,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 15,6 ga
  • Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 5,3 mlrd so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 75 ta
  • boshlang'ich narxi 30 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 33,6 mlrd so‘m
  • Namangan viloyati Namangan shahridan boshlang'ich narxi 274,2 mln so‘m bo'lgan savdo do'koni bino-inshootlari 786,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 168 ta
  • yer 1406,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 8,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1394 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,8 trln so'm bo'lgan 106 319 ta lot savdoga qo'yilgan.
769 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech