Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Dekabr 2022

“O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish yuzasidan axborot

Avval maʼlum qilinganidek, xususiylashtirish bo‘yicha konsultant “Grant Thornton” xalqaro konsalting kompaniyasi jalb etilgan holda amalga oshirilgan raqobatga asoslangan ommaviy oshkora sotuv jarayoni natijasida “O‘zagroeksportbank” ATB ustav kapitalidagi 100 foiz davlat aksiyalar paketini 4,0 mln. AQSH dollariga sotish yuzasidan “Sovkombank” OAJ (Rossiya Federatsiyasi) bilan Kelishuvga erishilgan va joriy yilning 23-fevral kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Sovkombank o‘rtasida mazkur aksiyalar paketi oldi-sotdi Bitimi imzolangan edi.

Biroq, Sovkombank tomonidan bitimni amalga oshira olmasligi to‘g‘risidagi murojaatiga ko‘ra, Bitim joriy yilning 27-sentyabrida tomonlarning o‘zaro kelishuviga asosan bekor qilinganligi maʼlum qilinadi.

Bu yuzasidan Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Axborot xizmati

 

778 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech