Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

10 Iyun 2023

"Dori Darmon" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni to'g'risida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) 2023-yil 5-aprelda chop etilgan eʼlonga muvofiq, “Dori-Darmon” AJ (keyingi oʻrinlarda – “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushini xususiylashtirish (keyingi oʻrinlarda – “Bitim”) jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi yakunlanganligini va 6 nafar investorlarni keyingi Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar (NBO) bosqichga oʻtganligini maʼlum qilgan edi.

“Portfolio Investments" MCHJ kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim yuzasidan Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha yetakchi maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi oʻz ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etilgan, soʻngra ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Aktivni sotib olish narxi boʻyicha indikativ majburiyatga ega boʻlmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar toʻplami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyatini beruvchi virtual maʼlumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratilgan.

Natijada, Maslahatchiga belgilangan muddatlarda 3 nafar talabgorlarning Majburiyatga ega boʻlmagan takliflari (NBO) kelib tushgan.

Maslahatchining tavsiyasiga asosan 3 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi Majburiyatga ega boʻlgan takliflarni (BO) qabul qilish bosqichiga oʻtkazildi.

Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) bosqichiga oʻtgan ishtirokchilarga Maslahatchi tomonidan tayyorlangan moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik boʻyicha tahliliy hisobotlardan foydalanish imkoniyati beriladi, shuningdek xususiylashtirish jarayonining ushbu bosqichini oʻtkazish tartibi hamda aktivni sotib olish boʻyicha qoʻyiladigan shartlar boʻyicha har bir talabgorga jarayoni xati (Process letter) yuboriladi. Bundan tashqari, ishtirokchilar bevosita Kompaniyaga tashrif buyurish va Kompaniyaning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyatiga ega boʻladilar.

Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi boʻyicha Majburiyatga ega boʻlgan takliflar (BO) 2023-yil 10-iyul kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Portfolio Investments" MCHJ kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va takliflar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish boʻyicha Majburiyatga ega boʻlmagan takliflar bosqichidan muvaffaqqiyatli oʻtgan talabgorlar bilan kelgusidagi jarayon boʻyicha konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

 

1490 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech