Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

05 Aprel 2023

"Dori Darmon" AJ ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni to'g'risida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 5-yanvar kuni chop etilgan eʼlonga muvofiq, “Dori Darmon" AJ (keyingi o‘rinlarda - “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”) xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi yakunlandi.

“Portfolio Investments" MChJ kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – “Maslahatchi”) mazkur bitim bo‘yicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish bo‘yicha yetakchi maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

“Angren Pipe Plant" MCHJ kompaniyasining xususiylashtirish jarayonlari doirasida Maslahatchi tomonidan keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan 500 dan ortiq salohiyatli investorlarga investitsiya tizerlari yuborildi. Natijada, 2023-yil 5-martga qadar 7 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of Interest) to‘g‘risidagi arizalar kelib tushdi.

Davaktiv agentligi hamda xususiylashtirish bo‘yicha Maslahatchi tomonidan kelib tushgan barcha arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”giQonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi.

Maslahatchi tomonidan kelib tushgan arizalar yuqoridagi mezon talablari asosida chuqur o‘rganish natijasida 6 nafar talabgorlar keyingi bosqichga o‘tkazildi.

Shunga ko‘ra, Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvafaqqiyatli o‘tgan talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda Maslahatchi tomonidan ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter) yuboriladi.

Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlash uchun, ushbu talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA)ni imzolash taklif etiladi, so‘ngra ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki ma'lumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyatini beradigan virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati yaratiladi. Ushbu ma'lumotlar to‘plami Aktivning xo‘jalik faoliyatini tavsiflovchi axborotlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lmagan takliflar (NBO) joriy yil 5-may kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi va “Portfolio Investments" MCHJ kompaniyasi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1255 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech