Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Yanvar 2023

Xo‘jalik jamiyatlarining boshqaruv organlari yig‘ilishi bayonlarini “Davlat mulki” axborot tizimiga joylashtirish imkoniyati yaratildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-415-son qarorida 2023-yil 1-yanvardan boshlab ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishi bayonlari ular rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n kun muddatda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimida joylashtirilishi belgilangan.

Mazkur topshiriqni ijrosini taʼminlash maqsadida, xo‘jalik jamiyatlari uchun Davaktiv agentligining www.kpi.davaktiv.uz saytida “kabinetga kirish” ilovasi orqali kuzatuv kengashi majlisi va ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yig‘ilishi bayonlarini joylashtirish imkoniyati yaratilganligi bildiriladi.

Qo‘shimcha savollar bilan Agentlikning +99871-259-20-84 (Qarayev Feruz) telefon raqami orqali murojaat etishingiz mumkin.

1714 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech