Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 May 2023

Xususiylashtirish dasturi Singapurning biznes soha vakillari nazarida

Joriy yil 25 may kuni Singapur prezidenti Halima Yaqubning Oʻzbekistonga tashrifi doirasida Oʻzbek-Singapur ishbilarmon doira vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan davra suhbatida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan “Xususiylashtirish - bu biznes uchun yangi yo'nalish va imkoniyatlar mavzusida taqdimot oʻtkazildi.

Unda, Davlat aktivlarini xususiylashtirishga tayyorlash va xususiylashtirish Departamenti boshligʻi Shoxruh Ohunov taqdimot bilan ishtirok etib, 50 dan ortiq Singapur ishbilarmon soha vakillariga Oʻzbekistonda xususiylashtirish sohasida erishilgan natijalar, kelgusidagi rejalarjumladan, tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq savdoga chiqarilgan va xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda ularni sotib olish jarayonlari boʻyicha tushintirishlar berib oʻtdi.

Shu bilan birga, muzokaralarga boy oʻtgan davra suhbati davomida Davaktiv agentligi vakillari Singapurning 10 dan ortiq yirik biznes hamjamiyati, jumladan, “Das Family Office”, “Meinhardt Group International Limited” va “Ngarde” kompaniyalar rahbarlari bilan G2B uchrashuvlarini oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida, xorijiy investorlar uchun mamlakatimizda yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tushuntirish berilib, singapur biznes vakillarini Oʻzbekistondagi xususiylashtirish jarayonlarida faol qatnashishga taklif etildi. Oʻz navbatida, xorij ishbilarmon doira vakillari tomonidan, Oʻzbekistonda mazkur olib borilayotgan xususiylashtirish dasturi ularda katta qiziqish uygʻotganligi taʼkidlab, kelgusi hamkorlik aloqalari kelishib olindi.

1727 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech