Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Dekabr 2022

Davaktiv agentligi xodimlari "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Davaktiv direktori A. Ortikov bosh Qomusimizning g‘oya va meʼyorlarida xalqimizning ko‘p asrlik tajribasi hamda maʼnaviy qadriyatlari, boy tarixiy huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolati ekanligiga to‘xtalib, barcha xodimlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishoni o‘z egalariga topshirildi:

 

Axmedov Sharofiddin Shodimurotovich - Davlat ishtirokidagi korxonalar boshqaruv va nazorat organlarini shakllantirish boshqarmasi boshlig‘i v.b.

Sofarov Shuxrat Uralovich - Departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - Korporativ masalalar bo‘yicha korxonalar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i v.b.

Saloxitdinova Nasiba Kadirovna - To‘lovga qobiliyatsizlik jarayonini yuritish departamenti bosh mutaxassisi

Tangriyev Sanjar Shamsikulovich - Shartnomalarni rasmiylashtirilishi va monitoringi boshqarmasi boshlig‘i

Ubaydov Mirshod Ismailovich - Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i

Rajabov Abdubanno Xoshimjonovich - Tashkiliy va ijro intizomi nazorati boshqarmasi boshlig‘i

Ro‘ziyev Shuhrat Negpulatovich - Metodologiya, hududlar va tarkibiy bo‘linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish yig‘ma-axborot tahlil departamenti bosh mutaxassisi

Xurramov Odil Azamatovich - Yuridik boshqarma bosh yuriskonsulti 

2179 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech