Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Mart 2020

Davlat korxonalarini boshqarish tizimini isloh qilishda Singapurning “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi tajribasini qo‘llash yuzasidan hamkorlikning muhim jihatlari muhokama qilindi

Joriy yilning 29-mart sanasida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda – Davaktiv agentligi) rahbariyati Singapurning “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi direktori Manraj Sekhon boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Bunda, O‘zbekistonning yirik korxonalariga korporativ boshqaruvning zamonaviy mexanizmlarini joriy, xususiylashtirish doirasidagi loyihalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlikning muhim jihatlari va istiqbollari, xususan, Milliy investitsiya jamg‘armasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida, Davaktiv agentligi Direktori Akmalxon Ortikov tomonidan 2023-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga amalga oshirgan davlat tashrifidan so‘ng O‘zbekiston-Singapur munosabatlari yangi bosqichga ko‘tarilib, hamkorlik aloqalari ancha faollashgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, joriy yilning 24-mart kuni davlatimiz rahbarining qarori bilan yangi xususiylashtirish dasturi tasdiqlanganligi, unga ko‘ra, mamlakatimizda ilk bor 1001 ta korxonadagi davlat aksiya paketlari va 1046 ta ko‘chmas mulk obyektlari xususiylashtirilishi, qolaversa, 40 ta yirik korxona va banklarning o‘rtacha 2 foiz aksiyalari “xalqchil IPO” tamoyili ostida savdoga chiqarilishi ma’lum qilindi.

O‘z navbatida, “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasi direktori Manraj Sekhon mamlakatimiz iqtisodiyotida davlat ishtirokini qisqartirish, xususiylashtirish va korporativ boshqaruv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar rivojlangan davlatlarning ijobiy tajribasi misolida mamlakatning o‘z brendini shakllanishiga, bu esa, nufuzli xalqaro investorlarning O‘zbekistonga ishonchini yanada ortishiga sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Davaktiv agentligi vakillari “Templeton Asset Management Ltd” kompaniyasining uzoq yillik tajribasiga alohida to’xtalib, xususiylashtirish dasturiga asosan yirik davlat kompaniyalarini kapital bozoriga olib chiqish va “xalqchil IPO” loyihasini samarali amalga oshirishda ularning ko‘magi muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirdilar.

Shu o‘rinda, tomonlar keyingi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab, ularni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni kelishib oldilar.

 

633 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech