Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Noyabr 2022

Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni shakllantirish takomillashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-noyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashiga nomzodlarni shakllantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 647-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan 2021–2025 yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish Strategiyasi doirasida ishlab chiqilgan bo‘lib, qaror bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • ustav kapitali (fondi)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda ‒ davlat ishtirokidagi korxonalar) kuzatuv kengashiga nomzodlarni jalb qilish jarayonini, xususan, kuzatuv kengashi tarkibi hamda ularda yuz bergan o‘zgarishlarni www.сns.davaktiv.uz maxsus veb-portali orqali markazlashgan holda boshqarish va yoritib borish;

  • kuzatuv kengashi tarkibi aʼzoligiga nomzodlarni tarmoqqa oid bilim, boshqaruv tajribasi, moliyaviy, korporativ boshqaruv, strategik rejalashtirish hamda boshqa malakalar kabi mezonlar asosida tanlov asosida aniqlash amaliyotini joriy etish;

  • 2023-yil 1 yanvardan boshlab davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi o‘zgarishlar, ulardagi mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni ushbu o‘zgarishlar sodir bo‘lgan sanadan ikki ish kuni ichida majburiy tartibda maxsus portalga joylashtirib borish;

  • davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv va nazorat organlarining amaldagi tarkibidagi o‘zgarishlar, ulardagi mavjud bo‘sh o‘rinlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni maxsus portalga joylashtirmagan korxonalarning ijro etuvchi organi hamda kuzatuv kengashi aʼzolarini rag‘batlantirishga yo‘l qo‘ymaslik;

  • transformatsiya qilinishi belgilangan 71 ta korxonalarga mazkur qaror talablarini tadbiq etilmaslik, mazkur korxonalar kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan ushbu korxonalarda davlat nomidan mulkdor (muassis, aksiyador, ishtirokchi) funksiyalarini bajaruvchi vazirlik, idoralar va Strategik islohotlar agentligi bilan kelishgan holda shakllantirish.

Shuningdek, qaror bilan Davlat ishtirokidagi korxonalarning kuzatuv kengashi tarkibiga davlat ulushi bo‘yicha nomzodlarni saralash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, unga ko‘ra:

  • nomzodlarning arizalarini maxsus veb-portal orqali qabul qilish;

  • Davlat aktivlarini boshqarish agentligida masʼul vazirliklar xodimlari ishtirokida tuziladigan nomzodlarni saralash komissiyasi tomonidan nomzodlarni mezonlar asosida baholashdan o‘tkazish, har bir o‘ringa kamida 3 ta nomzod ro‘yxatini (short list) shakllantirish va ularning ichidan suhbat asosida munosib bitta nomzodni tanlash;

  • kuzatuv kengashi aʼzoligi bo‘yicha tanlovda quyidagilarga davlat ulushi bo‘yicha nomzod sifatida ishtirok etishni taqiqlash:

         - oliy maʼlumot va ikki yillik ish tajribasiga ega bo‘lmagan shaxslar;
         - davlat boshqaruvi organlarining tartibga soluvchi yoki nazorat funksiyasini amalga oshiruvchi xodimlari;
         - korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslar, iqtisodiy jinoyatlar yoki boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun tugallanmagan sudlanganligi mavjud shaxslar;
         - korporativ boshqaruvchi malaka attestatiga ega bo‘lmagan shaxslar;
         - besh va undan ortiq kuzatuv kengashlarida aʼzo bo‘lgan shaxslar;
         - so‘ngi 3 yilda jamiyatda yoki uning affillangan shaxslarida auditorlik xizmatlarini ko‘rsatgan tashkilot xodimi;

  • korxonaning taʼsis hujjatlarida kuzatuv kengashi aʼzolari uchun gender tenglik nazarda tutilgan bo‘lsa, ayol va erkak nomzodlar uchun alohida saralashni amalga oshirish;

  • ushbu Nizom talablarini mahalliy hokimliklar ishtirokidagi korxonalarga nisbatan tatbiq etmaslik belgilanmoqda.

 

2215 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech