Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Sentyabr 2023

Davaktiv agentligida “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunni amaliyotga tadbiq etish boʻyicha seminar-taqdimot boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 7 sentyabr kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YETTB), hamda “Dentons” yuridik kompaniyasi hamkorligida Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari, tegishli manfaatdor vazirlik va idoralar masʼul xodimlari, sud vakillari va sud boshqaruvchilari, xalqaro ekspertlar va tadbirkorlik subyektlari uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2022 yil 12 apreldagi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi OʻRQ-763-son Qonunidan kelib chiqib amaldagi qonun-hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish doirasida seminar tadbiri oʻtkazildi.

Mazkur seminar tadbirining oʻtkazilishidan asosiy maqsad “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, uni amaliyotda qoʻllash masalalarida hamda sohadagi ilgʻor xorijiy davlatlarning tajribalarini ijrochilarga yetkazish asosida sohadagi kadrlar malakasini oshirish hisoblanadi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan ushbu Qonunni amaliyotga samarali tadbiq etish, uning sharhini ishlab chiqish va ushbu Qonundan kelib chiqib amaldagi qonun-hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmagida “Dentons” yuridik kompaniyasi jalb etilgan.

Tadbirni YETTBning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Andi Aranitasi oʻz nutqi bilan ochib berdi. Seminar doirasida avvalgi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi qonun va 2022 yilgi “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi yangi qonun oʻrtasidagi asosiy farqlar va konseptual oʻzgarishlar, yangi Qonunni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha YETTB loyihasi natijalari haqida soʻz olib borildi.

Shuningdek, restrukturizatsiya, to'lovga qobiliyatsizlik va bankrotlik sohasidagi xalqaro hamkor Linn Xarrison (Dentons AQSH) AQSHda isteʼmolchi bankrotligining muvaffaqiyatli elementlari, yangi toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonun boʻyicha isteʼmolchilarning bankrotligini muvaffaqiyatlashtirish toʻgʻrisida tushuntirib berdi.

Katta yuridik maslahatchi Katrin Bridj (YETTB) esa korporativ toʻlovga qobiliyatsizlik: YETTB mintaqalarida, shu jumladan Oʻzbekistonda biznesni qayta qurishning qiyosiy sharhi va Yevropa Ittifoqining asosiy xalqaro tendensiyalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Bundan tashqari, etakchi yurisdiksiyalar bilan nochorlik masalalari boʻyicha, shu jumladan Yevropa Ittifoqi va AQSH bilan taqqoslash, biznesni qayta tashkil etishdan olingan saboqlarga eʼtibor qaratib, davom etayotgan muammolar: erta ogohlantirish signallari, likvidlik va yangi moliyalashtirish (jumladan, AQSHda qarzdorlarning 11-bobi boʻyicha moliyalashtirish), manfaatdor tomonlarning ishtiroki, muvaffaqiyatni taʼminlashda ekspertiza roli va kelishilgan restrukturizatsiyaga qarshi sud amaliyoti mavzulari xalqaro ekspertlar tomonidan tushuntirib berildi.

1013 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech